KOREYA RESPUBLIKASI TASHQI SIYOSATINING USTUVOR YO‘NALISHLARI

Mazkur maqolada Koreya Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, ularning shakllanish omillari hamda zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Xususan, AQSH bilan strategik ittifoqchilik, Shimoliy Koreya bilan munosabatlar, Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi diplomatik faollik, iqtisodiy diplomatiya va xavfsizlik masalasining tashqi siyosatdagi ahamiyati yoritib beriladi. Shuningdek, Koreya Respublikasining global siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, xalqaro tashkilotlar doirasidagi faoliyati va ko‘p tomonlama hamkorlik mexanizmlariga alohida e’tibor qaratiladi.

108
31.05.2026

YAQIN VA O‘RTA SHARQDAGI XALQARO MUNOSABATLAR HAMDA GEOSIYOSIY TRANSFORMATSIYA JARAYONLARI

Ushbu maqolada Yaqin va Oʻrta Sharq mintaqasidagi xalqaro munosabatlar tizimi va u yerda yuz berayotgan geosiyosiy transformatsiya jarayonlari tahlil qilinadi. Mintaqadagi asosiy geosiyosiy kuchlar oʻrtasidagi raqobat, tashqi davlatlarning strategik manfaatlari, tabiiy resurslar uchun kurash, diniy va etnik mojarolar, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik masalalari koʻrib chiqiladi.

653
01.09.2025

BUGUNGI JAMIYATNING SOTSIOMADANIY TRANSFORMATSIYADA EKOLOGIK IDEALLARNING OʻRNI VA AHAMIYATI

Ushbu maqolada bugungi kun jamiyatning sotsiomadaniy transformatsiyada ekologik ideallarning oʻrni va ahamiyati hamda ekologik ideal – bu inson va tabiat oʻrtasidagi muvozanatli munosabatlarga asoslangan jamiyat tuzilishining namunaviy koʻrinishidir. Bu muhim konsepsiya zamonaviy dunyoning dolzarb ehtiyojlarini aks ettiradi. Bu tushuncha oddiy orzu yoki xayoliy maqsad emas, balki insoniyat oldida turgan eng dolzarb vazifalardan birini ifodalaydi. Ekologik ideal tushunchasi insoniyat tarixida ilk bor bunday keng miqyosda muhokama qilinmoqda va bu bejiz emas.

864
09.02.2025

O‘ZBEKISTONDA BAG‘RIKENGLIK TAMOYILLARINING KO‘RINISHI

Butun yer yuzida diniy bag‘rikenglik, diniy konfessiyalararo o‘zaro hurmat, bir-birini tushunish asosiy hayotiy tamoyilga aylanmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asl mohiyati ham millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan, mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada oshirishga qaratilgan. Globallashuv hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni ob’yektiv tan olish kerak – bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog‘lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emasdir.

1134
27.12.2024

XX ASR OXIRI – XXI ASR BOSHIDA MISR ARAB RESPUBLIKASI TASHQI SIYOSATIDA DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI KURASH XUSUSIYATLARI

XX asr oxiri – XXI asr boshida Misr Arab Respublikasi mamlakat xavfsizligi va barqarorligiga katta tahdid solgan diniy ekstremizm, radikalizm va terrorizmga qarshi ham ichki, ham tashqi siyosatda birdek kurash olib bordi. Mazkur maqolada Husni Muborak hamda Abdulfattoh as-Sisi davrida Misrning mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash siyosatida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash xususiyatlari tahlil qilinadi.

902
26.06.2024