INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA ZAMON KATEGORIYASINING OG‘ZAKI IFODALANISHI

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi zamon kategoriyasining og‘zaki ifodalanishi tahlil qilinadi. Maqolada ingliz tilida zamonlar yordamchi fe’llar orqali, o‘zbek tilida esa qo‘shimchalar yordamida ifodalanishi haqida so‘z yuritiladi. Ingliz tilida zamonlar simple, continuous, perfect va perfect continuous shakllari orqali ifodalansa, o‘zbek tilida zamonlar faqat qo‘shimchalar yordamida ifodalanadi. Shuningdek, maqolada har ikki tilda zamon kategoriyasining o‘xshashliklari va farqlari ko‘rsatiladi. O‘zbek va ingliz tillaridagi zamon tizimining o‘rganilishi talabalarga tilni o‘rganishda muhim yordam beradi.

27
23.06.2025

INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA GASTRONOMIC ATAMALAR TADQIQI

Ushbu tadqiqot ingliz va o’zbek tillaridagi gastronomic terminologiyaning lingvistik va madaniy xususiyatlarini o’rganadi. Unda oziq-ovqat an’analari, qadriyatlar va hayot tarzi, qanday aks etishini tahlil qilib, gastronomik ifodalarni shakllantirishdagi madaniy kontekstning o’ziga xos jihatlariga e’tibor qaratiladi. Tadqiqot palov va somsa kabi o’zbek taomlarini pie va pudding kabi ingliz taomlari bilan qiyoslaydi hamda lingvistik va madaniy farqlarni ko’rsatadi. Shuningdek, globallashuvning ikki til orasidagi oshxona atamalarining almashinuvida qanday rol o’ynashi o’rganiladi. Topilmalar madaniyatlararo muloqotni tushunishga va oziq –ovqatning o’zaro hurmatni rivojlantirishdagi ahamiyatni ochib beradi.

230
16.01.2025