IBROHIM MO‘MINOVNING ILMIY MAKTABI VA UNING MILLIY KADRLAR TAYYORLASHDAGI XIZMATLARI

Mazkur maqolada XX asr o‘zbek falsafasi va ijtimoiy-gumanitar fanlari taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan akademik Ibrohim Mo‘minov tomonidan asos solingan ilmiy maktab hamda uning O‘zbekistonda milliy-ilmiy kadrlar tayyorlashdagi beqiyos xizmatlari keng yoritilgan. Unda Ibrohim Mo‘minovning nafaqat faylasuf olim, balki yuksak ma’naviyatli murabbiy, tashkilotchi va jonkuyar ustoz sifatidagi faoliyati ilmiy manbalar va xotiralar asosida tahlil qilinadi. Maqolada Mo‘minovning falsafa, tarix, huquqshunoslik, filologiya va sharqshunoslik sohalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdagi tashabbuslari, Fanlar akademiyasi tizimida yangi ilmiy bo‘lim va institutlar tashkil etishdagi rahbarlik faoliyati ochib berilgan. Shuningdek, uning rahbarligida o‘nlab fan doktorlari va yuzlab fan nomzodlari yetishib chiqqani, milliy o‘zbek falsafa maktabining shakllanishi va rivojida tutgan o‘rni asoslab beriladi. Maqolada Ibrohim Mo‘minovning murakkab sovet mafkurasi sharoitida milliy tarix va ma’naviy merosni asrab-avaylash, xususan Amir Temur va temuriylar davrini ilmiy jihatdan xolis tadqiq etish yo‘lidagi jasorati alohida ta’kidlanadi. Umuman, maqola akademik Ibrohim Mo‘minov merosining bugungi mustaqil O‘zbekiston ilm-fani va ma’naviy taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatib beradi.

36
30.01.2026

HOZIRGI ZAMONDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ORQALI TALABLAR DUNYOTARASHISHINI RIVOJLANTIRISH USULLARI.

Ushbu maqolada bugungi kunda zamonaviy pedagogik texnologiyalar vositasida talabalarning dunyoqarashini rivojlantirish metodlari hamda pedagogik texnologiyalarning ta’lim jarayonini tashkil etishdagi ro’li, pedagogik mahorat yordamida talabalarning fanlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish va intilishlarini oshirish, pedagogik texnologiyaning asosiy vazifalari, ular vositasida talabalarning tafakkurini, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, pedagogik texnologiyalarning ko‘rinishlari, pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismlari kabi masalalar yoritib berilgan.

546
09.02.2025

MUNOZARA – ILMIY BILISH FAOLIYATINING TARKIBIY QISMI SIFATIDA

Ushbu maqola ilmiy bilish faoliyatining asosiy turlaridan biri bo‘lgan bahs-munozaraning zamonaviy talqiniga bag‘ishlangan. Bahs-munozaraning nazariy asoslari, ilmiy bilimlarni shakllantirishdagi o‘rni va tanqidiy tafakkur rivojlanishiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. An’anaviy shakllar va raqamli texnologiyalardan foydalanishni o‘z ichiga olgan holda, ilmiy munozaralarni tashkil etishning turli yondashuvlari qiyosiy tahliliga alohida e’tibor qaratilgan. Munozaraning kognitiv, metodologik va kommunikativ jihatlari hamda ularning fanlararo tadqiqotlarga ta’siri tahlil qilinadi. Muallif fan raqamlashuvi sharoitida munozara olib borish usullarini takomillashtirish zarurligini ta’kidlaydi.

662
15.12.2024

TILSILIKDA DUNYOGA LINGVISTIK VA KONSEPTUAL TUSHUNCHALARNING MOHIYATI.

Ushbu maqolada bugungi kunda dolzarb bo‘lgan ilmiy-texnikaviy atamalarni tarjima qilishda yuzaga keladigan ayrim muammolar va ularning sabablari muhokama qilinadi. Shu bilan birga, tarjimashunoslik umumiy tarjima modellarini ta'kidlaydi, ya'ni. qiyosiy, jarayonli va o'zgaruvchan modellar. Shuningdek, jahon tarjimashunosligida qayta tarjima hodisasiga asoslangan to‘rtta standart (tushuntirish, tavsiflovchi, tushuntirish va bashorat qilish) farazlari ilgari suriladi va tavsiflanadi.

644
09.12.2023

RAQAMLI JAMIYATDAGI INSON: FALSAFIY AKS ETTIRISH TAJRIBASI

Maqola raqamli ijtimoiy haqiqat va raqamli kundalik hayotni o'rganishning uslubiy muammolariga bag'ishlangan. Zamonaviy jamiyatda raqamli texnologiyalar davlatni, tashkilotlarni, shaxslarni eng murakkab texnik ob'ektga bog'lab, ijtimoiy munosabatlarning butun majmuasiga vositachilik qiladi. Konvergent texnologiyalarni birlashtirgan yangi texnologik paradigma insonning jismoniy, kundalik hayoti va ijodi manzarasini tubdan o'zgartiradi. Narsalar Internetiga o'tish va insonning o'zini o'zi takomillashtirish amaliyoti insonning mohiyati va chegaralarini aniqlashning antropologik usullari uchun qiyinchilik tug'diradi. Kundalik muammolar uchun yangi raqamli texnologiyalardan foydalangan holda, raqamli jamiyatdagi shaxslar ijtimoiy tajribani to'plash va tarqatish, texnologik begonalashuvni bartaraf etish orqali ishlab chiquvchi tomonidan belgilab qo'yilgan qo'llash doirasini kengaytiradigan va o'zgartiradigan avvalgisidan muntazam foydalanadilar.

749
09.06.2023

O‘ZBEKISTONNING MODDIY-MADANIY MEROSI OBYEKTLARINING YUNESKO UMUMJAHON MADANIY MEROSI RO‘YXATIGA KIRITILISH TARIXI

Ushbu maqolada O’zbekistondagi moddiy madaniy meros obyektlarining YUNESKO ro’yxatiga kiritilishi tarixi yoritilgan. Bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar borasida xulosalar keltirilgan.

606
24.03.2023