ISLOM DINIDA O‘LIM VA HAYOT

Mazkur maqolada hayot inson uchun eng qadrli ne’matligi, bu foniy dunyoda inson bir marta yashashi, o`zidan yaxshi nom qoldirishi o`ziga va o`zgalarga mehrbon bo`lishi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘z joniga qasd qilish azaldan har qanday jamiyat va tuzumda yuz berib kelayotganligi, ammo ilgari asosan katta yoshlilar orasida uchraydigan bu holat, keyingi paytlarda tobora “yosharib” borayotganligi, psixolog, pedagog, shifokor, sotsiolog, suitsidolog kabi turli sohalarning mutaxassis va ekspertlarning yechim topishda muamolarga duch kelishlari mumkin. Islom dinida hayot va o‘lim inson mavjudligining muhim bosqichlari sifatida talqin qilinadi. Islom ta’limotiga ko‘ra, hayot - bu inson uchun sinov maydoni bo‘lib, u orqali banda o‘z amallari bilan oxiratdagi taqdirini belgilaydi. O‘lim esa yakun emas, balki yangi - abadiy hayotga o‘tish bosqichidir. Shu sababli Islomda hayot va o‘lim o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, insonni ezgulik va to‘g‘ri yo‘lga undaydi. Sobit ibn Zahhokdan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz sollalohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Kim bu dunyoda o‘zini biror narsa bilan o‘ldirsa, qiyomatda ham unga o‘sha narsa bilan azob beriladi” (Imom Buxoriy rivoyati).

14
20.04.2026