BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QISH SAVODXONLIGI FANINI O‘QITISH ASOSIDA O‘QUVCHILARNING TANQIDIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH METODLARI

Ushbu maqola O‘zbekistonda boshlang‘ich sinflarda o‘qish savodxonligi fanini o‘qitish asosida o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish metodlarini o‘rganadi. Tadqiqotda boshlang‘ich ta’limning zamonaviy talablari, o‘qish savodxonligi darslarida tanqidiy fikrlashni shakllantirishning pedagogik va psixologik jihatlari, shuningdek, ushbu jarayonda qo‘llaniladigan innovatsion usullar va texnologiyalar tahlil qilinadi.

26
23.06.2025

BAYKAN SEZARNING PEDAGOGIK USULLARI VA ULARNING TURKIYADA TANIQIY SOSİOLOGIYA RIVOJLANISHIGA TA'SIRI.

Ushbu maqola Turkiyada sotsiologiya fanining institutsionallashuvida Baykan Sezerning hissasini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Asosan, uning ilmiy va pedagogik faoliyati, shuningdek, turk sotsiologik an'analarida tanqidiy maktabni shakllantirishdagi roli yoritiladi. Sezer g‘arb markazli nazariy yondashuvlarni tanqid qilgan va mahalliy ijtimoiy haqiqatlarni hisobga olgan holda, mustaqil metodologik yondashuv — bog‘liqlik nazariyasiga asoslangan konsepsiyani ilgari surgan. Uning ilmiy va ta’limiy merosi Turkiyada sotsiologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan va tanqidiy tafakkurga ega yangi tadqiqotchilar avlodini yetishtirishga yordam bergan. Bundan tashqari, maqolada Sezerning xalqaro ilmiy doiradagi o‘rni va global sotsiologik diskursga qo‘shgan hissasi ham ko‘rib chiqiladi.

45
15.06.2025

YANGILANAYOTGAN O‘ZBEKISTONDA TALABALARDA MILLIY QADRIYATLAR TARIXINI O‘RGATISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH HOLATI

Ushbu maqolada yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida talabalarda milliy qadriyatlar tarixini o‘rgatishning ahamiyati, mavjud muammolar va ularni hal qilish bo‘yicha metodik takliflar yoritilgan. Maqolada zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida metodikani takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan.

131
29.04.2025

INDUKTIV VA DEDUKTIV XULOSALARNING HAYOTGA TASHKIL ETISHI HAQIDAGI MAVALI.

Ushbu maqola kattalarda induktiv va deduktiv xulosani hayotga tatbiq etish masalasini o'z ichiga oladi. Uning pedagogik bilimlari bayonida mantiq qoidalaridan unumli foydalanish, o‘rganilgan narsalarni takrorlash, mashq qilish va motivatsiya qilish jarayonida sillogizm qoidalaridan foydalanish masalalari bayon etilgan.

196
15.12.2024

INGLIZ TILI DARSLARIDA QO‘LLANILADIGAN INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR: TAHLIL VA NATIJALAR

Ma’lumki, bugungi kunda ta’lim tizimida foydalaniladigan innovatsion pedagogik texnologiyalar, darsning samarali bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan mazkur maqolada innovatsion texnologiyalar va ularni ingliz tili darslarida qo‘llash texnologiyalari borasida ilmiy xulosalar keltirilgan.

281
02.11.2024

PEDAGOGIK AMALIYOTDA IJODIY TA'LIMNING BUGUNGI DAVRDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada pedagogik amaliyotda ijodiy ta'limning zaruriy ahamiyati va barqaror kelajakka yo'naltirilgan zamonaviy ta'lim siyosatining asosi sifatida ta'lim va pedagogik amaliyotda ijodkorlikni rivojlantirish tahlil qilinadi. Maqolada ijodkorlik va ijodiy o'qitishga uchta yondashuvning ahamiyati ta'kidlangan: enaktivizm, tizimli yondashuv va ko'p dunyo tushunchalari.

387
09.12.2023

BLUM TAKSONOMIYASINING METODOLOGIK JIHATLARI

Ushbu maqolada pedagogikada ta’lim turlari va tasnifi, ta’lim maqsadlari muhokama qiladi. Taksonomiyaga umumiy tushuncha berish orqali uning pedagogikada qo’llash usullari haqida ma’lumot beradi.

875
21.06.2023

UMUMTA’LIM MUASSASALARIDA SINFLARNI KOMPLEKTLASHNING ASOSIY JIHATLARI

Ushbu maqola kam komplektli umumta’lim muassasalarida (tog‘li, cho‘lli hududlarda joylashgan umumta’lim muassasalari misolida) boshlang'ich sinflarni to'liq sinflarga qamrab olish, o’quv jarayonini tashkil etish hamda bunday muassasalaridagi ta’limning an'anaviy ta’limga nisbatan bir qator afzalliklari va kamchiliklarini yoritishga bag’ishlanadi.

429
10.06.2023