MATEMATIK MODELLASHTIRISH ASOSIDA NO-CODE DASTURLASHNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH

Maqolada no-code dasturlash platformalarining iqtisodiy samaradorligi matematik modellashtirish va qiyosiy ssenariy tahlili asosida baholandi. Tadqiqotda an’anaviy va no-code ishlab chiqish usullarining boshlang‘ich xarajati, xizmat ko‘rsatish xarajati, ishlab chiqish muddati, unumdorligi, investitsiya rentabelligi (ROI), sof joriy qiymati (NPV) hamda taxminiy qoplanish muddati solishtirildi. Olti oylik hisoblash davri, 4500 AQSH dollari miqdoridagi yalpi iqtisodiy samara va 10 foizlik diskont stavkasi qabul qilindi. Natijalarga ko‘ra, no-code yechim olti oylik jami xarajatlarni 85 foizga, ishlab chiqish vaqtini esa 83,3 foizga kamaytiradi. Hisoblangan ROI an’anaviy usulda 40,6 foizni, no-code usulida 837,5 foizni tashkil etdi. NPV mos ravishda 890,9 va 3610,9 AQSH dollariga teng bo‘ldi. Natijalar no code vositalari takrorlanuvchi va standartlashtirilgan biznes jarayonlarida iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.

22
01.07.2026

KOD SIFATINI OSHIRISH VA REFAKTORING USULLARI

Ushbu maqola dasturiy ta’minot ishlab chiqishda kod sifatini oshirish va refaktoring usullarining ahamiyatini tahlil qiladi. Kod sifatini oshirish — dasturiy mahsulotning barqarorligi, o‘qilishi va kengaytirilishini ta’minlash uchun muhim jarayon hisoblanadi. Maqolada refaktoringning asosiy prinsiplari, uning turlari va zamonaviy texnikalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, kod sifatini baholashda qo‘llaniladigan mezonlar va ularning dasturiy injinering jarayonidagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqot natijalari dasturiy mahsulot sifatini yaxshilashga qaratilgan samarali yondashuvlarni aniqlashga yordam beradi. Ushbu ish dasturiy injenerlar va tadqiqotchilar uchun kod sifatini oshirishda amaliy yo‘nalishlarni belgilashga xizmat qiladi.

721
31.10.2025