TURKIYADA O‘ZBEK DIASPORASINING SHAKLLANISHI: NAZARIY VA METODOLOGIK YONDASHUVLAR

Mazkur maqola Turkiyada shakllangan o‘zbek diasporasini o‘rganishning nazariy konseptual va metodologik asoslarini kompleks hamda interaktiv yondashuv asosida tahlil qiladi. Tadqiqot diaspora fenomenenini klassik va zamonaviy ilmiy paradigmalar kesimida qayta talqin etib, transmilliylik, akkulturatsiya, ijtimoiy integratsiya, ijtimoiy kapital va identitet transformatsiyasi kabi fundamental tushunchalarni yagona analitik model doirasida sintez qiladi. Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, diaspora tadqiqotlari global miqyosida sezilarli darajada rivojlangan bo‘lsada, Turkiya kontekstida o‘zbek diasporasi, emperik asoslangan, multi-darajali va metodologik jihatdan integratsiyalashgan yondoshuv asosida yetarlicha o‘rganilmagan. Shu bois mazkur tadqiqot mixed-methods dizayniga tayangan holda diaspora shakllanishining konseptual-metodologik modelini ishlab chiqadi. Taklif etilgan model diaspora jarayonlarini makro (strukturaviy omillar), mezo(ijtimoiy tarmoqlar) va mikro (individual daraja) o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liq dinamik tizim sifatida tushuntiradi. Tadqiqot natijalari diaspora integratsiya darajasi transmilliy aloqalar intensivligi, ijtimoiy kapital sifati va instatsional muhit bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatadi.

95
28.04.2026

FRANSIYANING YEVROPA ITTIFOQI MAMLAKATLARI BILAN MIGRATSION MASALALAR BORASIDAGI HAMKORLIK TARIXI. SHENGEN KELISHUVI

Ushbu maqolada, Fransiyaning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan migratsion masalalar borasidagi hamkorligi tarixi va Shengen kelishuvining o‘rni va ahamiyati batafsil yoritiladi.

569
17.01.2025

KIMYOVIY O‘G‘ITLAR TARKIBIDAGI TURLI MODDALAR ORQALI TUPROQLAR QATLAMINI IFLOSLASHI VA UNING OLDINI OLISH CHORA TADBIRLARI

Maqolada tuproqlarni antropogen va texnogen omillar ta’sirida bir necha yillar mobaynida tuproqda og‘ir metallar, mineral o‘g‘itlar tarkibidagi nitrit va ftor asosiy haydov qatlami ostida to‘planib qoladi. Ammo sohada mamlakatning haqiqiy sanitar-ekologik holatini baholash imkonini beruvchi zamonaviy inovatsion va axborat kommunikatsiya texnologiyalari mavjud emasligi ta’kidlangan. Tuproqqa yillar davomida sug‘orish orqali tushayotgan yuzdan ortiq modda va kimyoviy birikmalar oxir oqibat tuproqqa tushib, uni degradatsiyaga uchratmoqda.

2141
12.11.2022