ISPAN VA PORTUGAL TILLARIDA MILLIY-MADANIY KONSEPTLARNING LINGVISTIK IFODASI

Mazkur maqolada ispan va portugal tillarida milliy-madaniy konseptlarning lingvistik ifodalanish xususiyatlari qiyosiy-lingvistik va lingvomadaniy nuqtayi nazardan tadqiq etiladi. Tadqiqotning dolzarbligi til va madaniyatning uzviy munosabati, milliy dunyoqarashning leksik, frazeologik, paremiologik hamda metaforik birliklarda namoyon bo‘lishi bilan belgilanadi. Tadqiqotda ispan va portugal tillarida “uy/oila”, “mehnat”, “omad”, “do‘stlik”, “din”, “Vatan”, “insoniy munosabatlar” kabi milliy-madaniy mazmunga ega konseptlarning lingvistik ifodasi tahlil qilindi. Tadqiqot metodologiyasi qiyosiy, tavsifiy, semantik, lingvomadaniy, konseptual va kontekstual tahlil usullarini o‘z ichiga oladi. Tahlil natijalari ispan va portugal tillarida umumiy tarixiy va madaniy tajriba natijasida o‘xshash konseptual modellar mavjudligini, biroq ularning konkret lingvistik realizatsiyasi, metaforik obrazlari, pragmatik xususiyatlari va milliy assotsiatsiyalarida sezilarli tafovutlar mavjudligini ko‘rsatdi. Ayniqsa, paremiologik birliklar milliy dunyoqarashni ifodalovchi muhim til vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqot natijalari qiyosiy tilshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik, tarjimashunoslik va ispan hamda portugal tillarini o‘qitish metodikasi uchun amaliy ahamiyatga ega.

319
27.09.2026

BILIMLARNI SEMIOTIK TIZIMLASHTIRISHNING RIVOJLANISHI VA SHAKLLANISHI

Mazkur maqolada bilimlarning shakllanishi va rivojlanishi semiotik tizimlashtirish nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Unda bilim insonning tashqi olam haqidagi axborotni sezgi, idrok, tajriba, mantiqiy umumlashtirish va ijtimoiy kelishuv orqali belgilangan simvolik-kognitiv konstruksiyaga aylantirish jarayoni sifatida talqin etiladi. Maqolada belgi, simvol, tovush, so‘z, matn va konseptlarning paydo bo‘lishi hamda ularning bilimga aylanish mexanizmlari naturalistik, konvensional, antropologik va kognitiv yondashuvlar asosida yoritiladi. Shuningdek, bilimning genetik, sun’iy va ijtimoiy shakllari ajratilib, ularning inson tafakkuri, tajribasi, madaniy aloqalari va formal ta’lim tizimidagi o‘rni izohlanadi.

501
17.05.2026