VAKILLIK HOKIMIYATI – IJTIMOIY BIRDAMLIK VA HAMJIHATLIKNI TA’MINLASHNING MUHIM SHARTI

Ushbu maqola orqali vakillik hokimiyatining ijtimoiy birdamlik va hamjihatlikni ta’minlashdagi o‘rni falsafiy va ijtimoiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Tadqiqotda vakillik hokimiyatining asosiy funksiyalari, jumladan, kommunikatsiya, integratsiya, legitimatsiya, adolatni ta’minlash, ishtirokchilik va strategik vazifalari keng yoritilgan. Shuningdek, J. Habermas, Arastu va J. Roulz nazariyalari asosida demokratik jamiyatda qaror qabul qilish jarayonlarining muloqot va tenglik tamoyillariga asoslanishi asoslab berilgan. O‘zbekiston misolida parlamentning ijtimoiy barqarorlik, millatlararo totuvlik va davlat boshqaruvi samaradorligini ta’minlashdagi ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijalari vakillik hokimiyatining nafaqat siyosiy institut, balki jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi murakkab ijtimoiy-falsafiy mexanizm ekanligini ko‘rsatadi.

22
28.04.2026

DIALOGIK ALOQANING LINGVISTIK-KOGNITIV JIHATLARI

Ushbu maqolada dialogik kommunikatsiyaning lingvistik va kognitiv jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot dialogik nutqni inson tafakkuri, bilim tuzilmalari va kontekstual omillar bilan uzviy bog‘liq hodisa sifatida ko‘rib chiqadi. Dialog jarayonida nutq ishtirokchilarining kognitiv faoliyati, presuppozitsiya, implikatura, nutq aktlari hamda pragmatik ma’no shakllanishi masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Maqolada kognitiv lingvistika doirasida dialogik muloqotni o‘rganishning nazariy asoslari yoritilib, dialogni interaktiv va dinamik jarayon sifatida talqin qilish asoslanadi. Tadqiqot natijalari dialogik diskursni chuqurroq anglashga hamda lingvistik-pragmatik tahlillarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

368
30.12.2025

CHET TILLARNI O'RGANISHDA ZAMONAVIY USUL VA METODOLOGIYA (INGLIZ TILI MISOLIDA)

Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rganish va o‘qitishda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish masalalari, o‘qituvchining o‘z ustidagi faoliyati, mas’uliyat hissi, chet tilini o‘qitish metodikasi, uning fan sifatida rivojlanish tarixi, xorijiy tillarni o‘qitish metodikasida qo‘llaniladigan zamonaviy metodlar turlari, ulardan foydalanish, shuningdek, ushbu sohadagi muammolar va yechimlar ko‘rib chiqiladi.

800
09.02.2025

CHET TILLARNI (INGLIZ-TILI) O'QITISHDA ZAMONAVIY INNOVATSION USULLARNING USTOROTLIGI

Ushbu maqolada xorijiy tillarni (ingliz tili) o'rganishda zamonaviy interfaol usullarning ustuvorligi va pedagogning o'z ustida ishlashi, mas'uliyat hissi, chet tilini o'qitish metodikasi, uning rivojlanish tarixi haqida so'z boradi. fan, chet tillarini o`qitish metodikasida qo`llaniladigan zamonaviy metodlar turlari va ulardan foydalanish. darsda yangilik kiritishi, darsning qiziqarli va jonli o‘tishini ta’minlashi yozildi.

924
15.12.2024