ALISHER NAVOIYNING “NASOYIM UL-MUHABBAT” ASARIDA LEKSIK ARABIZMLARNING SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada Alisher Navoiyning tasavvufiy-tazkiraviy xarakterdagi “Nasoyim ul-muhabbat” asarida qo‘llangan leksik arabizmlarning semantik, mavzuviy va stilistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda arabcha o‘zlashmalarning diniy-tasavvufiy tushunchalar, axloqiy-ruhiy sifatlar, rang va yorug‘lik semantikasi, shuningdek ilmiy-kitobiy uslubga xos atamalar doirasidagi vazifalari yoritildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, “Nasoyim ul-muhabbat”dagi arabizmlar faqat lug‘aviy birlik sifatida emas, balki asarning g‘oyaviy-estetik mohiyatini ochuvchi, tasavvufiy tafakkur va komil inson konsepsiyasini ifodalovchi muhim til vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Arabizmlarning denotativ va konnotativ qatlamlari badiiy matnda o‘zaro uyg‘unlashib, nur-zulmat, ilm-jaholat, komillik-naqislik kabi ma’naviy oppozitsiyalarni yuzaga keltiradi. Maqolada tavsifiy, qiyosiy, semantik va stilistik tahlil usullaridan foydalanildi.

72
15.06.2026

JADID MA’RIFATPARVARLARINING O‘LKA IJTIMOIY-MA’NAVIY HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI

Ushbu maqolada XIX asrning oxiri - XX asrning boshlarida O‘rta Osiyoda shakllangan jadidchilik harakatining ijtimoiy-ma’naviy ahamiyati tahlil qilinadi. Jadid ma’rifatparvarlari tomonidan amalga oshirilgan ta’lim islohotlari, matbuot, adabiyot va teatr sohasidagi yangiliklar, shuningdek, ularning milliy o‘zlikni anglash va jamiyatni modernizatsiyalash borasidagi sa’y-harakatlari o‘rganiladi. Maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Munavvar qori Abdurashidxonov kabi jadid namoyandalarining faoliyati va g‘oyalari tahlil qilinib, ularning o‘lka ijtimoiy-ma’naviy hayotiga qo‘shgan hissasi yoritiladi.

112
10.06.2026

FRIDRIX NITSHENING FALSAFIY-ANTROPOLOGIK QARASHLARIDA “A’LO ODAM” VA “SO‘NGGI INSON” KONSEPSIYASINING QIYOSIY TAHLILI

Ushbu maqola Fridrix Nitshe falsafasidagi ikki markaziy antropologik konsepsiya – a’lo odam va so‘nggi inson tushunchalarining qiyosiy tahlilini o‘z ichiga oladi. Tadqiqotda mazkur tiplardan biriga ega insonlarning iroda masalasi, axloq va qadriyatlari, o‘z erkiga bo‘lgan munosabati Nitshe qarashlarida namoyon bo‘ladi. A’lo odamning o‘z-o‘zini yenguvchi, qadriyatlari bilan yashovchi jihatlari ko‘rib o‘tilsa, so‘nggi odamning maqsadsiz hayot kechiruvchi obrazi orqali ikkisi qiyoslanadi.

138
02.06.2026

ABDURAUF FITRATNING QARASHLARIDA OILANI TASHKIL ETISH ASOSLARI VA AN’ANAVAIY OILA MUNOSABATLARI

Mazkur maqolada Abdurauf Fitratning oila va oilaviy munosabatlarga doir qarashlari tahlil qilingan. Unda mutafakkirning oilani jamiyat taraqqiyotining muhim omili sifatida baholashi, farzand tarbiyasi, er-xotin munosabatlari, ayolning oiladagi o‘rni hamda ma’naviy-axloqiy qadriyatlar haqidagi fikrlari yoritilgan. Shuningdek, Fitratning “Oila” asaridagi g‘oyalarining bugungi davr uchun dolzarbligi ilmiy asosda ochib berilgan.

138
02.06.2026

TURKIYA TARIXSHUNOSLIGIDA TURKISTON JADIDCHILIGI MUAMMOSINING O‘RGANILISHI (XX– XXI ASRLAR BOSHI)

Maqolada Turkiya tarixshunosligida Turkiston jadidchiligi muammosining o‘rganilishi IMRAD modeli asosida tahlil qilindi. Tadqiqotning manbaviy asosini Turkiya universitetlarida tayyorlangan dissertatsiyalar va ularda keltirilgan ilmiy xulosalar tashkil etadi. Maqsad – turk ilmiy muhitida jadidchilik qanday tushuntirilgani, qaysi yo‘nalishlar ustuvor bo‘lgani va Turkiston jadidlarining ta’lim, din, adabiyot, siyosat va ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o‘rni qanday talqin etilganini ochishdan iborat. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Turkiya tarixshunosligida Turkiston jadidchiligi dastlab “usuli jadid” maktablari va Ismoil Gaspirali ta’siri doirasida talqin qilingan bo‘lsa, keyingi tadqiqotlarda Behbudiy, Munavvar Qori, Abdurauf Fitrat, Yosh buxoroliklar, matbuot, milliy uyg‘onish, diniy isloh va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot masalalari bilan bog‘liq kompleks harakat sifatida baholangan. Maqolada har bir asosiy fikr sahifasi ko‘rsatilgan satr osti iqtiboslari bilan berildi.

186
17.05.2026

IBN SINO ILMIY-FALSAFIY QARASHLARIDA MANTIQNING O‘RNI

Ushbu maqolada Abu Ali Ibn Sinoning mantiq ilmi sohasidagi falsafiy qarashlari tahlil qilinadi. Muallif Ibn Sinoning “Kitob ash-shifo”, “Ishorat va tanbihot”, “An-najot”, “Donishnoma” kabi asarlari asosida mantiqqa doir tushunchalar, hukmlar, xulosalar, isbotlash, dialektika va ritorikaga oid nazariy yondashuvlarini yoritadi. Shuningdek, mutafakkirning Aristotel va Forobiyga tayanib, mantiq ilmini qanday takomillashtirgani ko‘rsatib beriladi.

222
17.05.2026

TURKIYADA O‘ZBEK DIASPORASINING SHAKLLANISHI: NAZARIY VA METODOLOGIK YONDASHUVLAR

Mazkur maqola Turkiyada shakllangan o‘zbek diasporasini o‘rganishning nazariy konseptual va metodologik asoslarini kompleks hamda interaktiv yondashuv asosida tahlil qiladi. Tadqiqot diaspora fenomenenini klassik va zamonaviy ilmiy paradigmalar kesimida qayta talqin etib, transmilliylik, akkulturatsiya, ijtimoiy integratsiya, ijtimoiy kapital va identitet transformatsiyasi kabi fundamental tushunchalarni yagona analitik model doirasida sintez qiladi. Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, diaspora tadqiqotlari global miqyosida sezilarli darajada rivojlangan bo‘lsada, Turkiya kontekstida o‘zbek diasporasi, emperik asoslangan, multi-darajali va metodologik jihatdan integratsiyalashgan yondoshuv asosida yetarlicha o‘rganilmagan. Shu bois mazkur tadqiqot mixed-methods dizayniga tayangan holda diaspora shakllanishining konseptual-metodologik modelini ishlab chiqadi. Taklif etilgan model diaspora jarayonlarini makro (strukturaviy omillar), mezo(ijtimoiy tarmoqlar) va mikro (individual daraja) o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liq dinamik tizim sifatida tushuntiradi. Tadqiqot natijalari diaspora integratsiya darajasi transmilliy aloqalar intensivligi, ijtimoiy kapital sifati va instatsional muhit bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatadi.

246
28.04.2026

O'ZBEKISTON TURIZM BOZORI RIVOJLANISHIDA TOSHKENT AGLOMERATIONINING ROLI: NAZARIY VA AMALIY JIHATLAR

Maqolada O'zbekistonda turizm bozorini shakllantirish va rivojlantirishning asosiy omili sifatidagi Toshkent aglomeratsiyasining tarkibiy va funktsional roli o'rganiladi. Aglomeratsiya nazariyasi, markaziy joy nazariyasi va turizm yo'nalishlarining raqobatbardoshlik doiralarini birlashtirgan holda, tadqiqot kapital aglomeratsiyasini bir vaqtning o'zida milliy turizm oqimlarining darvoza tuguni, ichki yo'nalish va fazoviy tashkilotchisi sifatida joylashtiradigan ko'p darajali analitik modelni yaratadi. Tadqiqot O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi, UNWTO mintaqaviy hisobotlari va O'zbekiston Milliy statistika qo'mitasining 2017-2024 yillardagi statistik ma'lumotlariga asoslanadi. Tahlil shuni ko'rsatadiki, Toshkent aglomeratsiyasi xalqaro sayyohlarning taxminan 64 foizini, litsenziyalangan turizm korxonalari faoliyatining 80 foizdan ortig'ini va milliy mehmonxonalar sig'imining 70 foizini jamlagan bo'lib, bu uning milliy turizm tizimidagi asosiy rolini tasdiqlaydi.

268
20.04.2026

INSONNING VA JAMIYATNING OBYEKTINI YARATISHDA RUS SHAXSIY NOMLARINING ROLI

Ushbu maqolada rus shaxsiy ismlarining shaxslar va jamiyat qiyofasini shakllantirishdagi roli o'rganiladi. Shaxsiy ismlar nafaqat shaxsiy identifikatsiya vositasi sifatida, balki ijtimoiy mavqe, milliy o'ziga xoslik, madaniy qadriyatlar va tarixiy davrni aks ettiruvchi muhim lingvistik va madaniy element sifatida ham tahlil qilinadi. Maqolada rus antroponimlarining kelib chiqishi, ularning semantik xususiyatlari va badiiy adabiyotdagi funktsional roli o'rganiladi. Ismlarning inson xarakterini ochib berish, ijtimoiy muhitni belgilash va ijtimoiy munosabatlarni yetkazishdagi ahamiyatiga alohida e'tibor qaratiladi. Xulosa shuki, rus shaxsiy ismlari til va jamiyat o'rtasidagi munosabatni ko'rsatuvchi muhim omil hisoblanadi.

437
13.02.2026

IBN MISKAVAYHNING MASHSHOIYYUNLIK YO‘NALISHIDAGI O’RNI

Ushbu maqolada Ibn Miskavayh qarashlarida yangi aflotunchilikning ham amaliy, ham nazariy qismlari aks etganligi germenevtik tahlil qilingan. Uning fors va arab tillarida yozilgan ushbu asari birinchi manba asosida tadqiq etilgan.

413
30.01.2026

O'ZBEKISTONDAGI TURIST OQIMLARINI TUSHUNISH: MINTAQAVIY TURIZM DINAMIKASIGA BOSHLANG'ICH MARKAZ-MANZIL YONDASHUVI

Ushbu tadqiqot O'zbekiston misolida sayyohlarning kelib chiqish mamlakatlari ularning manzil tanlashlariga qanday ta'sir qilishini o'rganadi. Ma'lumotlar 673 nafar xorijiy sayyohdan Google Form orqali to'plangan. Sayyohlarning kelib chiqishi va manzillar o'rtasidagi bog'liqlikni baholash uchun xi-kvadrat shartlilik testi qo'llanildi. Tahlil kelib chiqish va manzil tanlash o'rtasida kuchli va statistik jihatdan ahamiyatli bog'liqlikni aniqladi. Ushbu topilmalar shuni ko'rsatadiki, sayyohlarning kelib chiqishi manzil afzalliklarini mazmunli ravishda shakllantiradi va O'zbekistonda maqsadli turizmni rejalashtirish zarurligini ta'kidlaydi.

430
25.12.2025

O'ZBEKISTON DAVLAT XAVFSIZLIGI: GLOBAL O'ZGARISHLAR KONTEKSTIDAKGI QIYINCHILIKLAR VA ISTIQBOLLAR.

O'zbekistonda davlat xavfsizligi milliy rivojlanish va suverenitetning asosiy elementi hisoblanadi. Globallashuv sharoitida mamlakat xalqaro terrorizm va transmilliy jinoyatchilikdan tortib, kibertahdidlar va geosiyosiy beqarorlikgacha bo'lgan turli xil tahdidlarga duch kelmoqda. Ushbu maqolada xavfsizlikning asosiy muammolari aniqlanadi, ularning sabablari va oqibatlari tahlil qilinadi hamda milliy xavfsizlik tizimini modernizatsiya qilish yo'llari taklif etiladi. Fuqarolik jamiyatining roli, huquqiy asoslarni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikka alohida e'tibor qaratilgan. Asar tarixiy kontekstda yozilgan, mavjud tendentsiyalarni umumlashtiradi va davlat xavfsizlik tizimini yanada rivojlantirish bo'yicha strategik qarashlarni shakllantiradi.

576
24.12.2025