G‘ARB MUTAFAKKIRLARINING AXLOQIY ERKINLIK HAQIDAGI G‘OYALARI

Maqolada axloqiy erkinlik va axloqiy zarurat o‘rtasidagi munosabat falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Erkinlikning shaxsning ichki ma’naviy holati sifatidagi mohiyati ochib berilib, iroda erkinligi masalasi tarixiy-falsafiy kontekstda yoritiladi. Suqrot, Immanuil Kant, Benedikt Spinoza qarashlari asosida axloqiy erkinlikning zaruratni anglash bilan uzviy bog‘liqligi asoslab beriladi.

109
20.04.2026

SHOPENGAUER VA SHARQ TA’LIMOTLARI: IRODA VA AZOB-UQUBAT

Artur Shopengauerning “Iroda dunyosi” asarida iroda va tasavvur konsepsiyalari falsafaning asosiy nuqtalari sifatida talqin qilinadi. Iroda dunyoning metafizik mohiyati sifatida, tasavvur esa uning kо‘rinishi sifatida kо‘riladi. Shopengauerning falsafasi sharq ta’limotlari, xususan buddizm va hinduizmdan ilhomlanib, g‘arb metafizikasi bilan sintez yaratib, irratsional kuch – irodaning inson hayotidagi azob-uqubatga olib kelishini ta’kidlaydi. U ozodlikni san’at, axloq va zohidlik orqali amalga oshirish mumkin deb hisoblaydi. Bu falsafa о‘z davrida inqilobiy bо‘lib, Nitsshe, Freyd va ekzistensializmga ta’sir kо‘rsatdi.

579
02.06.2025