IJTIMOIY SHERIKLIK VA IJTIMOIY MULOQOT

So‘nggi yillarda ijtimoiy sheriklik, ya’ni fuqarolik jamiyati va davlat o‘rtasidagi hamkorlik zamonaviy davlat boshqaruvida muhim o‘rin egalladi. Ushbu hamkorlik ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni birgalikda hal qilish, davlatning ijtimoiy funktsiyalarini bajarishga ko‘maklashish va fuqarolik jamiyatini mustahkamlash uchun asosiy vositalardan biridir. O‘zbekiston ham bu yo‘nalishda o‘z tajribasini rivojlantirmoqda. Bu maqolada ijtimoiy sheriklikning nazariy asoslari, shakllari, afzalliklari, muammolari va O‘zbekistondagi holati yoritiladi.

29
31.10.2025

OʻZBEKISTON DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIKNI TAʼMINLASHDA XALQARO TAJRIBA VA HAMKORLIKNING OʻRNI

Maqolada O‘zbekiston davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlash jarayonida xalqaro tajriba va hamkorlikning o‘rni tahlil etilgan. Dunyo mamlakatlari, xususan, Skandinaviya davlatlari, AQSh va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ochiqlik siyosatini amalga oshirish mexanizmlari ko‘rib chiqilgan, ularning afzalliklari va samarali jihatlari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ochiqlik siyosati, elektron hukumat tizimi, ochiq ma’lumotlar portali, Xalq qabulxonalari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik natijalari o‘rganilgan. Maqolada xalqaro tajribani mahalliy sharoitga moslashtirish zarurati asoslab berilib, ochiqlik siyosatini yanada rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar taklif qilingan.

170
14.09.2025