VAKILLIK HOKIMIYATI – IJTIMOIY BIRDAMLIK VA HAMJIHATLIKNI TA’MINLASHNING MUHIM SHARTI

Ushbu maqola orqali vakillik hokimiyatining ijtimoiy birdamlik va hamjihatlikni ta’minlashdagi o‘rni falsafiy va ijtimoiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Tadqiqotda vakillik hokimiyatining asosiy funksiyalari, jumladan, kommunikatsiya, integratsiya, legitimatsiya, adolatni ta’minlash, ishtirokchilik va strategik vazifalari keng yoritilgan. Shuningdek, J. Habermas, Arastu va J. Roulz nazariyalari asosida demokratik jamiyatda qaror qabul qilish jarayonlarining muloqot va tenglik tamoyillariga asoslanishi asoslab berilgan. O‘zbekiston misolida parlamentning ijtimoiy barqarorlik, millatlararo totuvlik va davlat boshqaruvi samaradorligini ta’minlashdagi ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijalari vakillik hokimiyatining nafaqat siyosiy institut, balki jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi murakkab ijtimoiy-falsafiy mexanizm ekanligini ko‘rsatadi.

22
28.04.2026

HOZIRGI YOSHLARNI VATANSEVARLIK RUHIDA TARBIYA QILISHNING AHAMIYATI.

Ushbu maqolada zamonaviy yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ahamiyati va vatanparvarlik tushunchasi turli tomonlardan tahlil qilinadi va talqin etiladi. Vatanparvarlik insonning o‘z Vatanini qadrlashi, qaysi sohadan qat’i nazar, shu Vatan uchun o‘z kuch va g‘ayratini berishini bildiradi. Bu ta’rif vatanparvarlikning barcha qirralarini qamrab olmasa-da, vatanparvarlik so‘ziga keng ma’noda yondashsa, to‘g‘ri tushuniladi. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida fikr va mulohazalar bildirilmoqda.

917
09.12.2023

IBN MISKAVAYHNING IJTIMOIY-FALSAFIY QARASHLARIDA JAMOAVIY HAMJIHATLIK VA O’ZARO MUHABBAT MASALASI

Maqola Musulmon sharqi ijtimoiy-falsafiy tafakkuri tarixida yorqin iz qoldirgan buyuk mutafakkirlardan biri Abu Ali ibn Miskavayhning “Tahzibul-axlaq” asaridagi axloqiy tarbiya, jamoaviy hamjihatlik va o’zaro muhabbat mavzusiga oid mulohazalariga bag’ishlanadi.

831
01.07.2023