DUNYOQARASH TUSHUNCHASI VA UNING FALSAFIY-LINGVISTIK AHAMIYATI

Mazkur maqolada dunyoqarash tushunchasi falsafiy, ijtimoiy va lingvistik jihatdan keng tahlil qilinadi. Unda dunyoqarashning mohiyati, tarkibiy qismlari, asosiy turlari (diniy, ilmiy va falsafiy) hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlari yoritiladi. Shuningdek, xorijiy tilni o‘rganish jarayonida "tilning dunyoqarash tasviri" masalasi ingliz tili misolida tahlil qilinib, shaxs rivojidagi o‘rni falsafiy asoslab beriladi. Tadqiqotda zamonaviy jamiyatda dunyoqarash bilan bog‘liq muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ilgari suriladi.

32
04.05.2026

ARASTU VA IBN MISKAVAYH AXLOQIY QARASHLARINING QIYOSIY TAHLILI

Mazkur maqolada antik davr yunon faylasufi Arastu hamda musulmon sharq olamining yirik mutafakkiri Ibn Miskavayhning axloqiy qarashlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida har ikki faylasufning baxt-saodat, fazilat, komil inson va axloqiy kamolot haqidagi gʻoyalari oʻrganiladi. Shuningdek ularning axloqiy konsepsiyalaridagi oʻxshash va farqli tomonlari aniqlanib, Gʻarb va Sharq etikasi oʻrtasidagi bogʻliqlik tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida Ibn Miskovayhning axloqiy qarashlari Aristotel falasafasining oʻzaro ta’sirlashuvi va va bu gʻoyalar islom axloqi bilan boyitilganligi asoslab berildi.

200
25.03.2026

YOSHLAR DUNYO QARASHINDA INNOVATSION TIKLASHNI SHAKLLANTIRISHNING SAMARALI USUL VA TEXNOLOGIYALARI

Ushbu maqolada yoshlar dunyoqarashida innovatsion tafakkurni shakllantirishning samarali uslub va texnologiyalari, shuningdek, bugungi kunda yoshlar ongida inqilob qilish, dunyoqarashini insonparvarlashtirish zarurligiga doir muhim qarash va yondashuvlar haqida so‘z boradi.

778
09.02.2025

TASVIRIY SAN’AT YO’NALISHI TALABALARINI TAYYORLASHDA ZAMONAVIY OQIMLARNING O‘RNI

Maqolada rangtasvir yo‘nalishi talabalarini rangtasvirchi rassom sifatida o‘rgatishda Tasviriy san`atda ananaviy va zamonaviy uslublar tanlov fanidan milliy sanʼatimizning ananaviy va zamonaviy uslublarini o’qitishga moʻljallangan boʻlib unda uslublarning tarixi va mazmuni va qanday ishlash jarayonini kichik boshlang’ich tajribalar o‘tkazilishi va o‘rganilishi haqida ma’lumotlar berildi.

909
21.06.2024

ZAMONAVIY HIND FALSAFASINING ASOSLARI HAQIDA MULOHAZALAR

Ushbu maqolada uzoq tarixga ega boʻlgan hind falsafasining bugungi kundagi shakllarini hamda ularning asosidagi ilgari surilgan gʻoyalar borasida soʻz yuritiladi.

874
11.06.2024

ABU BAKR AR-ROZIYNING “FALSAFIY HAYOT TARZI” ASARIDA SUQROT HAYOTINING YORITILISHI

Ushbu maqolada biz Abu Bakr ar-Roziyning “Falsafiy hayot tarzi” asari orqali Suqrotning ikki xil hayoti orqali insonlarda falsafiy turmush tarzi qanday bo‘lishi kerakligi haqida mulohazalar yuritdik. Maqolada Suqrot hayotidan misollar keltirilgan bo‘lib, uning hayotidagi yutuq va kamchilliklar bayon qilingan. Shuningdek Suqrotning oddiyligining sababi, nega bunday oddiy hayot kechirgani yoritilgan.

821
28.03.2024

MARTIN XAYDEGGER FALSAFASIDA VA MAVJUDLIK TUSHUNCHASI TAHLILI.

Keyingi maqola Martin Xaydegger falsafasi nuqtai nazaridan mavjudlik tushunchasiga bag'ishlangan. Ekzistensial falsafaning markaziy kategoriyasi mavjudlikdir.

1159
09.06.2023