ИККИНЧИ ЖАҲОН УРУШИДАН КЕЙИН ЎЗБЕКИСТОН ИҚТИСОДИЁТИНИНГ ТИКЛАНИШ ЖАРАЁНЛАРИ

Ушбу мақолада Иккинчи жаҳон уруши якунланганидан кейин Ўзбекистон иқтисодиётининг тинч тараққиёт йўлига ўтиш жараёнлари ёритилган. Хусусан, саноат соҳасида юз берган ўзгаришлар, эришилган натижалар, йўқотилган имкониятлар, ишлаб чиқариш тармоқларининг чекланган жиҳатлари ҳамда уларнинг келиб чиқиш сабаблари ва оқибатлари тарихий далиллар асосида таҳлил этилган.

132
02.06.2026

SUN’IY INTELLEKTNING FAN VA TA’LIMDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqola sun'iy intellekt (SI) texnologiyalarining fan va ta'lim sohalaridagi tobora ortib borayotgan ahamiyatini tahlil qiladi. Fanda SI murakkab ma'lumotlarni qayta ishlash, yangi kashfiyotlarni tezlashtirish va tadqiqot jarayonlarini optimallashtirishda muhim rol o'ynaydi. Ta'limda esa u shaxsiylashtirilgan o'qitish, o'quv materiallarini yaratish va baholash tizimlarini avtomatlashtirish orqali o'qitish sifatini oshirishga xizmat qiladi. Maqolada SI ning ushbu sohalardagi mavjud imkoniyatlari, yutuqlari hamda kelajakdagi istiqbollari atroflicha ko'rib chiqiladi. Uning fan va ta'lim tizimlariga integratsiyasi innovatsion rivojlanish uchun yangi ufqlarni ochadi.

163
02.06.2026

TURKIYA TARIXSHUNOSLIGIDA TURKISTON JADIDCHILIGI MUAMMOSINING O‘RGANILISHI (XX– XXI ASRLAR BOSHI)

Maqolada Turkiya tarixshunosligida Turkiston jadidchiligi muammosining o‘rganilishi IMRAD modeli asosida tahlil qilindi. Tadqiqotning manbaviy asosini Turkiya universitetlarida tayyorlangan dissertatsiyalar va ularda keltirilgan ilmiy xulosalar tashkil etadi. Maqsad – turk ilmiy muhitida jadidchilik qanday tushuntirilgani, qaysi yo‘nalishlar ustuvor bo‘lgani va Turkiston jadidlarining ta’lim, din, adabiyot, siyosat va ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o‘rni qanday talqin etilganini ochishdan iborat. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Turkiya tarixshunosligida Turkiston jadidchiligi dastlab “usuli jadid” maktablari va Ismoil Gaspirali ta’siri doirasida talqin qilingan bo‘lsa, keyingi tadqiqotlarda Behbudiy, Munavvar Qori, Abdurauf Fitrat, Yosh buxoroliklar, matbuot, milliy uyg‘onish, diniy isloh va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot masalalari bilan bog‘liq kompleks harakat sifatida baholangan. Maqolada har bir asosiy fikr sahifasi ko‘rsatilgan satr osti iqtiboslari bilan berildi.

186
17.05.2026

O'ZBEKISTON TURIZM BOZORI RIVOJLANISHIDA TOSHKENT AGLOMERATIONINING ROLI: NAZARIY VA AMALIY JIHATLAR

Maqolada O'zbekistonda turizm bozorini shakllantirish va rivojlantirishning asosiy omili sifatidagi Toshkent aglomeratsiyasining tarkibiy va funktsional roli o'rganiladi. Aglomeratsiya nazariyasi, markaziy joy nazariyasi va turizm yo'nalishlarining raqobatbardoshlik doiralarini birlashtirgan holda, tadqiqot kapital aglomeratsiyasini bir vaqtning o'zida milliy turizm oqimlarining darvoza tuguni, ichki yo'nalish va fazoviy tashkilotchisi sifatida joylashtiradigan ko'p darajali analitik modelni yaratadi. Tadqiqot O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi, UNWTO mintaqaviy hisobotlari va O'zbekiston Milliy statistika qo'mitasining 2017-2024 yillardagi statistik ma'lumotlariga asoslanadi. Tahlil shuni ko'rsatadiki, Toshkent aglomeratsiyasi xalqaro sayyohlarning taxminan 64 foizini, litsenziyalangan turizm korxonalari faoliyatining 80 foizdan ortig'ini va milliy mehmonxonalar sig'imining 70 foizini jamlagan bo'lib, bu uning milliy turizm tizimidagi asosiy rolini tasdiqlaydi.

270
20.04.2026

YOSHLAR MA’NAVIY-AXLOQIY KAMOLOTIDA TIL MADANIYATINING ROLI VA FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada yoshlar ma’naviy-axloqiy kamolotida til madaniyatining roli va funksional xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda til madaniyati shaxsning ma’naviy dunyoqarashi, axloqiy qadriyatlari va ijtimoiy ongini shakllantiruvchi muhim omil sifatida yoritiladi. Shuningdek, til madaniyatining kommunikativ, tarbiyaviy va ijtimoiy funksiyalari yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati bilan birga tahlil etiladi.

279
08.04.2026

IBN MISKAVAYHNING MASHSHOIYYUNLIK YO‘NALISHIDAGI O’RNI

Ushbu maqolada Ibn Miskavayh qarashlarida yangi aflotunchilikning ham amaliy, ham nazariy qismlari aks etganligi germenevtik tahlil qilingan. Uning fors va arab tillarida yozilgan ushbu asari birinchi manba asosida tadqiq etilgan.

414
30.01.2026

INSON HAYOTIDAGI SINOVLAR VA SINOV OFATLARINING DONOLIKLARI: ABULFAZL MOIBUDIYNING "KASHF UL-ASROR" TAFSIRINI FALSAFIY TAHLIL

Ushbu maqolada Abulfazli Maybudiyning "Kashf ul-Asror" tafsiri asosida inson hayotidagi sinov va qiyinchiliklarning mohiyati va ahamiyatini falsafiy va irfonistik tadqiq qilish taqdim etiladi. Islom irfonidagi sinov va qiyinchiliklar ruhni poklash, bilimni mustahkamlash va ma'naviy kamolotga erishishning zaruriy bosqichlari sifatida qaraladi. Maybudiyning ta'limotlariga tayanib, muallif sinovlar nafaqat sabr va matonat sinovi, balki Qodir Tangrining irodasi bilan haqiqiy bilim, ilohiy sevgi va fanoga erishish vositasi ekanligini ko'rsatadi. Qiyinchiliklar insonni yuzaki idrokdan mavjudlik va ichki missiyani chuqur tushunishga olib boradigan yashirin ilohiy in'omlar sifatida tushuniladi. Maqolada sinovlarning o'z-o'zini bilishga, irodani mustahkamlashga va insonning ma'naviy yo'lini rivojlantirishga ta'siri tizimli va chuqur o'rganiladi.

646
30.01.2026

БАРҚАРОР РИВОЖЛАНИШДА ИЖТИМОИЙ АДОЛАТ ВА ИНКЛЮЗИВ ТАРАҚҚИЁТНИНГ ФАЛСАФИЙ ЙЎНАЛИШЛАРИ

Мақолада ижтимоий адолат ва инклюзив тараққиётни барқарор ривожланиш концепциясининг асосий компонентлари сифатидаги ижтимоий-фалсафий асослари кўриб чиқилади. Глобал муаммолар контекстида ижтимоий адолатнинг фалсафий англаниши ҳамда унинг Ўзбекистон тараққиёт стратегиясида амалга оширилишига алоҳида эътибор қаратилган. Барқарор ривожланиш мақсадларининг ижтимоий адолат, инклюзивлик ва тенглик принциплари билан ўзаро боғлиқлиги таҳлил қилинади. Ўзбекистон тажрибаси ижтимоий адолат принципларини миллий қадриятлар ва модернизация жараёнлари билан интеграциялашувнинг ўзига хос ёндашувлари кўрсатиб берилади.

570
30.01.2026

BADIIY TARJIMANING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

Ushbu maqolada badiiy tarjimaning ilmiy-nazariy asoslari, uning insoniyat tarixi va madaniyatlararo muloqotdagi ahamiyati tadqiq etilgan. Maqolada tarjimashunos olimlar Anna Mariya Rojo, Piter Nyumark, G‘aybulla Salomov va Qudrat Musayevlarning tarjima jarayoniga doir ilmiy qarashlari tahlil qilingan. Badiiy tarjimaning o‘ziga xos murakkabliklari, xususan, asliyatdagi stilistik vositalar, milliy bo‘yoqdorlik va muallif uslubini saqlab qolgan holda qayta yaratish masalalari yoritilgan. Shuningdek, qardosh va turli til oilalariga mansub tillar o‘rtasidagi tarjimaning o‘ziga xos xususiyatlari hamda tarjimon mahoratining ahamiyati asoslab berilgan.

612
30.01.2026

O'ZBEKISTON DAVLAT XAVFSIZLIGI: GLOBAL O'ZGARISHLAR KONTEKSTIDAKGI QIYINCHILIKLAR VA ISTIQBOLLAR.

O'zbekistonda davlat xavfsizligi milliy rivojlanish va suverenitetning asosiy elementi hisoblanadi. Globallashuv sharoitida mamlakat xalqaro terrorizm va transmilliy jinoyatchilikdan tortib, kibertahdidlar va geosiyosiy beqarorlikgacha bo'lgan turli xil tahdidlarga duch kelmoqda. Ushbu maqolada xavfsizlikning asosiy muammolari aniqlanadi, ularning sabablari va oqibatlari tahlil qilinadi hamda milliy xavfsizlik tizimini modernizatsiya qilish yo'llari taklif etiladi. Fuqarolik jamiyatining roli, huquqiy asoslarni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikka alohida e'tibor qaratilgan. Asar tarixiy kontekstda yozilgan, mavjud tendentsiyalarni umumlashtiradi va davlat xavfsizlik tizimini yanada rivojlantirish bo'yicha strategik qarashlarni shakllantiradi.

577
24.12.2025

ZAMONAVIY NEMIS EKOFALSAFASIDAEKOLOGIK MAS’ULIYAT KATEGORIYASI

Ushbu maqolada zamonavıy nemis ekofalsafasining yutuqlari tahlil qilingan bo’lib, unda Global ekologik inqiroz sharoitida insoniyatning tabiatga nisbatan munosabatini tubdan qayta ko‘rib chiqish ehtiyoji ekofalsafa sohasining mustaqil va ahamiyatli yo‘nalish sifatida shakllanishiga olib keldi. Ayniqsa, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, insoniyat faoliyatining tabiatga ta’siri natijasida yuzaga kelgan ekologik muammolar falsafiy tafakkurning ekologik mas’uliyat kategoriyasi atrofida birlashishiga sabab bo‘ldi. Ekologik mas’uliyat tushunchasi nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliy-prakseologik ahamiyatga ega bo‘lgan konsepsiyaga aylandi. Bu borada, ayniqsa, nemis ekofalsafasi alohida o‘rin tutadi, chunki unda ekologik mas’uliyat nafaqat nazariy-aksiologik, balki prakseologik aspektda ham chuqur o‘rganilgan.

517
24.12.2025

IDROK, XOTIRA VA FIKRLASHNING NUTQ RIVOJLANISHIDAGI OʻRNI

Maqolada inson nutqini idrok etish jarayoni va uning eshitish hamda xotira mexanizmlari bilan uzviy bogʻliqligi nazariy jihatdan yoritib beriladi. Nutqni anglashda mantiqiy urgʻu, soʻzlar tartibi, sintaksik tuzilish va xotirada mavjud modellar bilan taqqoslash jarayoni muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlanadi. Shu bilan birga, nutqiy faoliyatning motivatsiya, rejalash, amalga oshirish va nazorat bosqichlari haqida A.A. Leontyev, I.A. Zimnyaya kabi olimlarning nazariyalari tahlil etiladi. Maktabgacha taʼlim yoshida idrokning rivojlanishi fikrlash bilan uzviy bogʻliq boʻlib, u bolalarning tahlil qilish, taqqoslash va umumlashtirish qobiliyatlarini shakllantiradi. Bolalar nutqini oʻstirish jarayonida Ye.I. Tixeeva, B.V. Belyayev kabi olimlar qarashlari asosida nutq va aqliy rivojlanishning birgalikda kechishi ilmiy jihatdan asoslangan. Shuningdek, bolalarning yosh xususiyatlariga koʻra nutqning bosqichma-bosqich rivojlanishi – lugʻat boyligining ortishi, grammatik tuzilishlarni oʻzlashtirish, sintaksik modellarni qoʻllash jarayonlari keng yoritiladi. Maqolada bola nutqining ijtimoiy muhitda, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot jarayonida rivojlanishi, oila va maktabgacha taʼlim muassasasi sharoitida nutq koʻnikmalarini takomillashtirishning ahamiyati koʻrsatiladi. Xulosa qilib aytganda, maktabgacha yoshda nutqni rivojlantirish bolaning umumiy psixik kamoloti va taʼlim jarayonidagi muvaffaqiyati uchun hal qiluvchi omil boʻlib, chet tillarni oʻzlashtirish qobiliyatini rivojlantirishda ham muhim poydevor hisoblanadi.

608
26.11.2025