INNOVATSION FAOLIYAT TUSHUNCHASI VA UNING AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDAGI O‘RNI

Mazkur maqolada innovatsion faoliyatning mazmun-mohiyati, aksiyadorlik jamiyatlaridagi o‘rni hamda uni samarali boshqarishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Korporativ boshqaruv tizimi doirasida innovatsiyalarning raqobatbardoshlik, kapital samaradorligi, manfaatdor tomonlar muvozanati va iqtisodiy barqarorlikka ta’siri asoslab berilgan. Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat ulushi, xorijiy investitsiyalar va ilg‘or boshqaruv yondashuvlari orqali innovatsion salohiyatni rivojlantirish mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, korxona ichki resurslarini strategik innovatsiyalarga yo‘naltirish va iqtisodiy natijalarga erishishdagi korporativ boshqaruvning hal qiluvchi roli asoslab berilgan.

28
23.06.2025

INSONNING IQTISODIY YO'LLANISHIGA QABILOTNING TA'SIRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.

Bilamizki, bugungi kunda dunyo jadal rivojlanmoqda. Bu rivojlanish odamlarning kognitiv jarayonlariga, individual psixologik xususiyatlariga, hissiy-irodaviy sohalariga ta'sir qiladi. Shu bilan birga, shaxs faoliyatining asosiy omili ehtiyoj ekanligi va shu bilan birga ehtiyojlarning ortib borishi psixikamizni zamonaviy psixologiya nuqtai nazaridan o‘rganishning ahamiyati ortib borayotganidan dalolat beradi. Shunga asoslanib, ushbu maqolada biz qobiliyatlarning insonning iqtisodiy yo'nalishiga ta'sirini ko'rib chiqamiz.

190
23.02.2025

O‘RTA OSIYODAGI ANTIK DAVLATLAR BOSHQARUVINING BIR-BIRIDAN FARQI

Ushbu maqolada O’rta Osiyodagi Yunon-baqtriya, Parfiya va boshqa davlat uyushmalaridagi boshqaruv shakllari to’g’risida fikr-mulohazalar keltirilgan. Ushbu davlatlardagi boshqaruvning o’zaro o’xshash va bir-biridan farqli jihatlari qiyosiy tahlil qilingan.

319
17.12.2023