ABU ABDULLOH XORAZMIYNING “MIFTAH UL-ULUM” ASARIDA FANLAR TASNIFI

Ilmiy qadriyatlarning inson va jamiyatning ma’naviy kamolotidagi ahamiyati masalalari Abu Abdulloh Xorazmiy, Muso al Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino va boshqa mutafakkirlarining asarlarida muhim o‘rin tutgan. Ular ilmiy qadriyatlarning avlodlar va zamonlarni bir-biri bilan bog‘lovchi xalqa, insonni axloqan poklovchi va ezgulikka da’vat etuvchi muhim vosita sifatida tavsiflanganlar.

50
15.06.2025

IX-XI ASRLARDA ARAB MUSULMON DUNYOSIDA YOZILGAN MANTIQ ILMIGA OID ASARLAR

Mazkur maqolada IX–XI asrlar oralig‘ida musulmon Sharqida mantiq ilmining rivojlanishi, bu boradagi mashhur mutafakkirlar – Al-Kindiy, Al-Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh Xorazmiy va boshqa allomalarning ilmiy merosi yoritilgan. Ularning mantiqqa oid qarashlari, yunon merosining tarjima va sharhlari asosida yangi ta’limotlarning shakllanishi, mantiq ilmining boshqa fanlarga, xususan, falsafa, ilohiyot, tibbiyot, huquq kabi sohalarga ta’siri tahlil qilingan.

54
15.06.2025

“UCHINCHI RENESSANS – TA’LIM VA TARAQQIYOT: O‘TMISH, BUGUN VA KELAJAK”

Maqola Markaziy Osiyoda IX-XII va XIV-XV asrlarda yuz bergan birinchi va ikkinchi tamaddun yoki ilmiy taraqqiyot jarayonlariga bag‘ishlanadi. Maqolada O‘rta asr Sharq allomalarining ilmiy merosi va ularning ahamiyati haqida o‘quvchilarga ma’lumotlar berilgan. Shuningdek tamaddun davri olimlarining ilmiy merosi, ushbu ilmiy merosning jahon ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi haqida ham ma’lumotlar keltirilgan.

265
15.12.2024