XX ASR OXIRI – XXI ASR BOSHIDA MISR ARAB RESPUBLIKASI TASHQI SIYOSATIDA DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI KURASH XUSUSIYATLARI

XX asr oxiri – XXI asr boshida Misr Arab Respublikasi mamlakat xavfsizligi va barqarorligiga katta tahdid solgan diniy ekstremizm, radikalizm va terrorizmga qarshi ham ichki, ham tashqi siyosatda birdek kurash olib bordi. Mazkur maqolada Husni Muborak hamda Abdulfattoh as-Sisi davrida Misrning mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash siyosatida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash xususiyatlari tahlil qilinadi.

993
26.06.2024

TASVIRIY SAN’AT YO’NALISHI TALABALARINI TAYYORLASHDA ZAMONAVIY OQIMLARNING O‘RNI

Maqolada rangtasvir yo‘nalishi talabalarini rangtasvirchi rassom sifatida o‘rgatishda Tasviriy san`atda ananaviy va zamonaviy uslublar tanlov fanidan milliy sanʼatimizning ananaviy va zamonaviy uslublarini o’qitishga moʻljallangan boʻlib unda uslublarning tarixi va mazmuni va qanday ishlash jarayonini kichik boshlang’ich tajribalar o‘tkazilishi va o‘rganilishi haqida ma’lumotlar berildi.

1122
21.06.2024

QULAY INVESTITSIYA MUHITI JOZIBADORLIGINI OSHIRISHNING XORIJ TAJRIBASI

Maqolada O‘zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilash, uning jozibadorligini oshirish va qulay investitsiya muhitini barpo etish bo‘yicha xorij mamlakatlari tajribasidan samarali foydalanish imkoniyatlari, xususan Malayziya va BAA tajribalari chuqur tahlil etilgan va ularning investitisiya siyosati, rivojlarlangan mamlakatlardan investitsiyalar jalb qilishda ulardagi samarali menejment uslublari va ishlab chiqarish texnologiyasidan mamalakatda foydalanish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yoritib berilgan.

1043
21.06.2024

O‘ZBEK VA INGLIZ TILIDA “VATAN” TUSHUNCHASI: O‘XSHASHLARI VA FARQLARI.

Ushbu maqolada “vatan” tushunchasining qiyosiy tahlili keltirilgan. “Ona yurt” tushunchasiga oid maqollar ingliz va o‘zbek tillarida berilgan.

1114
11.06.2024

INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA TA’LIM SOHASIGA OID TERMINLARNING CHOG’ISHTIRMA TAHLILI

Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillarida ta’lim sohasiga aloqador bo’lgan termin va tushunchalar qiyosiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Shuningdek, sohaga oid adabiyotlar va ularda keltirilgan ilmiy mulohazalar tadqiq qilingan.

1288
11.06.2024

FORS TILIDA RAVISH SO‘Z TURKUMIGA MANSUB ARABCHA O‘ZLASHMALAR TAHLILI (SAMAD BEHRANGIYNING "ماهی سیاه کوچولو" HIKOYASI ASOSIDA)

Ushbu maqolada zamonaviy fors adabiyotining taniqli namoyandasi sanalgan Samad Behrangiyning "ماهی سیاه کوچولو" asaridagi ravish so‘z turkumiga mansub arabcha o‘zlashmalar o‘rganib tadqiq etildi. Asardan arabcha o‘zlashma ravishlar va fors tilida ravishlashgan o‘zlashmalar ajratib olingach, ularning yasalish va struktur jihatdan tasnifi amalga oshirildi.

886
08.06.2024

MUSTAQIL O‘ZBEKISTONNING TURKIYA BILAN IQTISODIY MUNOSABATLARI EVOLYUTSIYASI

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan soʻng Turkiya va Oʻzbekiston davlatlari oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlar oʻrganilgan.

912
05.06.2024

AVESTONING MIFOLOGIK QATLAMI VA UNING DINIY QARASHLARDA AKS ETISHI

Ushbu maqolada dastlabki mifologik qarashlar va ularning turli timsollar tarzida namoyon bo’lishi bayon etilgan. Mifologiyaning asosiy tushunchalari: totem, fetish va anima kabi tushunchalarning etimologiyasi tahlil etilgan. Zardushtiylik mifologiyasidagi ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi kurashlar va ular turli xudo va devlar timsolllarida namoyon bo’lishi va Avesto mifologiyasida hikoya qilingan xalq qahramonlari va ezgulik timsollari yoritilgan.

1167
10.05.2024

TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI DIVERSIFIKATSIYALASHNING MAMLAKAT MILLIY IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIRI

Tashqi iqtisodiy faoliyatni diversifikatsiya qilish mamlakat milliy iqtisodiyotining rivojlanish trayektoriyasini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Mamlakatlar ichki chegaralardan tashqarida kengayib, chet elda turli xil iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanish orqali iqtisodiy o'sish, barqarorlik va barqarorlikka hissa qo'shadigan ko'plab imtiyozlarga ega bo'lishlari mumkin. Ushbu maqola diversifikatsiyaning mamlakat milliy iqtisodiyotiga asosiy ta'sirini o'rganadi va uning barqaror rivojlanishga strategik yondashuv sifatidagi ahamiyatini ta'kidlaydi.

988
28.03.2024

TARAQQIYOT STRATEGIYASI – YANGI O‘ZBEKISTON BARQAROR TARAQQIYOTINING GAROVI

Mazkur maqolada bugungi globallashuv va integratsiyalashuv davrida mamlakatimiz taraqqiyotida o’z oldiga qo’ygan strategik maqsadlar, ularning ahamiyati va amalga oshirish mexanizmlari borasida taklif, fikr va xulosalar bayon etilgan. 2022-2026-yillarga mo’ljallangan Taraqqiyot strategiyasining dolzarbligi va mohiyati to’g’risida ilmiy qarashlar bayon etilgan.

1335
16.02.2024

MASNU’ SO’ZLAR JILVASI VA JOZIBASI

Havola qilinayotgan maqolada mumtoz lirika va epik poeziyada poetik so’zning o’rni va ularning timsol yaratishdagi mavqeyi yuzasidan yozuvchi mahorati ochib berilgan. Ayrim namunalar orqali poetik so’zning emotsional-ekspressivlik darajasiga e’tibor qaratilgan. Xususan, Boburning ayrim baytlari, masnu’ she’rlaridan bittasi tahlil qilinishi o’laroq, tahlil davomida aytilgan fikrlardan masnu’ she’rlarda so’zlarning shakliy jilvasi hamda mazmuniy jozibasi yuqori darajada bo’lishi dalillangan.

1457
07.02.2024

УРУШ ВА ТИНЧЛИК ЁХУД МАНФААТЛАР ТЎҚНАШУВИ

Урушларнинг келиб чиқишига миллий, ирқий камситишлар ҳам сабаб бўлади. Бундай урушлар фуқаролик урушлари бўлиб, кўпинча ва асосан мамлакат ичкарисида олиб борилади. Бундай урушларнинг келиб чиқишига у ёки бу давлатнинг мамлакат ичкарисида олиб борадиган сиёсати ҳам сабаб бўлади. Урушларни уларга хос умумий, ўхшаш томонларига кўра тўртта асосий турга ажратиш мумкин.

1080
24.01.2024