Barcha maqolalar

INGLIZ TILI MASHG‘ULOTLARIDA INTERAKTIV METOD VA TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH TAJRIBASI

Hozirgi kunda chet tilini o‘qitish metodikasi sohasida yangi pedagogik paradigmalar va yondashuvlar shakllanib, an’anaviy, asosan o‘qituvchi markazli va reproduktiv xarakterga ega bo‘lgan usullarni tubdan qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda. Ushbu o‘zgarishlar globallashuv jarayonlari, xalqaro muloqotning kengayishi, mehnat bozorida chet tillariga bo‘lgan talabning ortishi hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivoji bilan chambarchas bog‘liqdir [Селевко, 2010]. Natijada chet tilini o‘qitish jarayoni faqat grammatik qoidalar va leksik birliklarni o‘zlashtirish bilan cheklanib qolmasdan, balki real kommunikativ vaziyatlarda tilni samarali qo‘llashga yo‘naltirilgan murakkab pedagogik jarayon sifatida qaralmoqda.

72
20.04.2026

OʻZBEKISTON KOMPANIYALARINING XALQARO FOND BIRJALARIGA CHIQISH ISTIQBOLLARI

Maqolada Oʻzbekiston kompaniyalarining xalqaro fond birjalariga chiqish istiqbollari global moliya bozorlariga integratsiya sharoitida tahlil qilinadi. Ilmiy adabiyotlar sharhi asosida institutsional, moliyaviy, bank, huquqiy va madaniy omillar o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, xalqaro bozorga muvaffaqiyatli chiqish kompleks tayyorgarlik va xalqaro standartlarga moslashuvni talab etadi.

145
08.04.2026

OʻZBEKISTONDA DINIY BAGʻRIKENGLIK VA MILLATLARARO MUNOSABATLAR SIYOSATI (1991–2024)

Mazkur maqolada Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik va millatlararo munosabatlar siyosati (1991–2024) xronologik va tizimli yondashuv asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, Konstitutsiya va sohaviy qonunlar negizida shakllangan huquqiy model hamda davlat institutlari faoliyatining asosiy bosqichlari yoritiladi. Maqolaning ilmiy yangiligi shundaki, mustaqillik davridagi diniy-milliy siyosat uch bosqichli rivojlanish modeli asosida umumlashtirilib, 2017-yildan keyingi islohotlar alohida tarixiy bosqich sifatida asoslab beriladi. Shuningdek, diniy tashkilotlar va milliy madaniy markazlar faoliyatidagi o‘sish dinamikasi tarixiy-statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik siyosati huquqiy tenglik, institutsional boshqaruv va ijtimoiy muvozanat tamoyillariga tayanib izchil rivojlanganini ko‘rsatadi. Mazkur siyosat konfessiyalararo hamjihatlik va millatlararo totuvlikni mustahkamlashda muhim omil sifatida baholanadi.

230
08.04.2026

AYOLLAR USTKI KIYIMLARINI DIZAYNLASHDA MATERIALLAR VA TEKSTURALARDAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI

Ushbu maqolada ayollar ustki kiyimlarini loyihalashda materiallar va fakturalarning nazariy asoslari tahlil qilinadi. Materiallarning fizik-mexanik xususiyatlari, ularning estetik va funksional ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, faktura tushunchasi va uning dizayndagi roli, zamonaviy moda tendensiyalari asosida material va fakturalarni uyg‘unlashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

143
08.04.2026

DINSHUNOSLIK YO‘NALISHI TALABALARINING INGLIZ TILI KO‘NIKMALARI ORQALI DEONTOLOGIK KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH

Mazkur maqolada dinshunoslik yo‘nalishi bakalavr talabalarida ingliz tili o‘qitish jarayoni orqali deontologik kompetentlikni shakllantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy g‘urur, baynalminalchilik, adolat, yaxshilik, burch, qadr-qimmat, mas’uliyat, vijdon, halollik, rostgo‘ylik va talabchanlik kabi axloqiy fazilatlarning kasb egalariga, xususan, dinshunoslik soha vakillariga nechog‘li muhim ekaniga e’tibor qaratiladi. Ingliz tilining to‘rtta asosiy ko‘nikmasi — o‘qish (reading), yozish (writing), tinglab-tushunish(listening) va gapirish (speaking) — deontologik mazmundagi materiallar bilan uyg‘unlashtirilib, talabalarning kasbiy axloq me’yorlarini chuqur o‘zlashtirishiga zamin yaratish mumkinligi asoslanadi. Tadqiqot natijalari dinshunoslik ta’limida ingliz tili o‘qitishini deontologik yo‘nalishda takomillashtirish uchun amaliy tavsiyalar beradi.

115
08.04.2026

TINGLAB TUSHUNISH KOʻNIKMASINING PSIXOLINGVISTIK VA PEDAGOGIK MOHIYATI

Ushbu maqolada tinglab tushunish ko‘nikmasining psixolingvistik va pedagogik mohiyati nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada tinglab tushunish nutq faoliyatining reseptiv turi sifatida ta’riflanib, uning faol kognitiv jarayon ekanligi J. Field, M. Rost kabi yetakchi olimlarning qarashlari asosida yoritiladi. Shuningdek, tinglab tushunish jarayonining muvaffaqiyatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar, psixologik mexanizmlar (diqqat, xotira, idrok etish, taxmin qilish) tahlil qilinadi. G. Buck tomonidan taklif etilgan ikki darajali model (identifikatsiya va ma’noni anglash darajalari) hamda J. Wilson, J. Flowerdew va L. Miller tomonidan ishlab chiqilgan uch bosqichli pedagogik model (matn oldi, matn ustida ishlash, matndan keyingi bosqichlar) batafsil yoritiladi. Maqolada oliy ta’lim talabalarida tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda bosqichma-bosqich yondashuv, metakognitiv strategiyalar va psixologik omillarni hisobga olishning ahamiyati asoslanadi.

154
08.04.2026

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH: TA’LIM SAMARADORLIGI VA O‘QUVCHI FAOLLIGINI OSHIRISH

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning o‘quvchilarning bilim olish samaradorligi, motivatsiyasi va faolligiga ta’siri chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotda muammoli ta’lim, gamifikatsiya, raqamli ta’lim vositalari, differensial yondashuv kabi zamonaviy metodlar o‘rganilgan. Natijalar innovatsion texnologiyalar o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, hamkorlik va mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirishini ko‘rsatadi. Maqolada o‘quvchiga yo‘naltirilgan ta’limning ahamiyati alohida ta’kidlangan.

141
08.04.2026

YOSHLAR MA’NAVIY-AXLOQIY KAMOLOTIDA TIL MADANIYATINING ROLI VA FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada yoshlar ma’naviy-axloqiy kamolotida til madaniyatining roli va funksional xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda til madaniyati shaxsning ma’naviy dunyoqarashi, axloqiy qadriyatlari va ijtimoiy ongini shakllantiruvchi muhim omil sifatida yoritiladi. Shuningdek, til madaniyatining kommunikativ, tarbiyaviy va ijtimoiy funksiyalari yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati bilan birga tahlil etiladi.

124
08.04.2026

TRANSPORT-LOGISTIKA KORXONALARI FAOLIYATINI RAQAMLASHTIRISHNING MUAMMOLARI TAHLILI

Ushbu maqolada transport-logistika korxonalarida raqamlashtirish jarayonining asosiy muammolari kompleks tahlil qilingan. Natijalar transport-logistika sohasida raqamli transformatsiya jarayonida moliyaviy resurslar etishmasligi, zamonaviy axborot texnologiyalariga ega mutaxassislar taqchilligi, mavjud infratuzilmaning eskirganligi va ma’lumotlar xavfsizligi muammolarining ustuvorligini ko‘rsatdi.

142
01.04.2026

ARASTU VA IBN MISKAVAYH AXLOQIY QARASHLARINING QIYOSIY TAHLILI

Mazkur maqolada antik davr yunon faylasufi Arastu hamda musulmon sharq olamining yirik mutafakkiri Ibn Miskavayhning axloqiy qarashlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida har ikki faylasufning baxt-saodat, fazilat, komil inson va axloqiy kamolot haqidagi gʻoyalari oʻrganiladi. Shuningdek ularning axloqiy konsepsiyalaridagi oʻxshash va farqli tomonlari aniqlanib, Gʻarb va Sharq etikasi oʻrtasidagi bogʻliqlik tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida Ibn Miskovayhning axloqiy qarashlari Aristotel falasafasining oʻzaro ta’sirlashuvi va va bu gʻoyalar islom axloqi bilan boyitilganligi asoslab berildi.

199
25.03.2026

NUTQ FAOLIYATINING NEYROPSIXOLINGVISTIK MEXANIZMLARI VA ULARNING LINGVISTIK TALQINI

Ushbu maqolada nutq faoliyatining neyropsixolingvistik mexanizmlari va ularning lingvistik talqini tahlil qilinadi. Nutq jarayoni insonning murakkab kognitiv va psixologik faoliyati sifatida miya faoliyati, lingvistik birliklar va kommunikativ vazifalar o‘zaro uyg‘unligi orqali shakllanadi. Tadqiqotda nutq hosil qilish va nutqni idrok etish jarayonlari neyropsixolingvistik yondashuv asosida tahlil qilinadi, shuningdek, nutq jarayonining lingvistik talqiniga urg‘u beriladi. Maqola natijalari psixolingvistika, neyrolingvistika va tilshunoslik sohalarida ilmiy izlanishlar uchun nazariy asos yaratadi.

127
25.03.2026

RAHBAR KADRLAR TAYYORLASHDA MA’NAVIY-AXLOQIY TEXNOLOGIYALAR TIZIMI

Ushbu maqolada rahbar kadrlarni tayyorlash jarayonida ma’naviy-axloqiy texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Rahbar shaxsida axloqiy madaniyat, ijtimoiy mas’uliyat, adolat va vatanparvarlik kabi fazilatlarni shakllantirishda zamonaviy pedagogik va ma’naviy texnologiyalar tizimining imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, rahbar kadrlar tayyorlashda integrativ va tizimli yondashuvning samaradorligi asoslab beriladi.

188
18.03.2026