Barcha maqolalar

OʻZBEKISTON DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIKNI TAʼMINLASHDA XALQARO TAJRIBA VA HAMKORLIKNING OʻRNI

Maqolada O‘zbekiston davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlash jarayonida xalqaro tajriba va hamkorlikning o‘rni tahlil etilgan. Dunyo mamlakatlari, xususan, Skandinaviya davlatlari, AQSh va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ochiqlik siyosatini amalga oshirish mexanizmlari ko‘rib chiqilgan, ularning afzalliklari va samarali jihatlari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ochiqlik siyosati, elektron hukumat tizimi, ochiq ma’lumotlar portali, Xalq qabulxonalari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik natijalari o‘rganilgan. Maqolada xalqaro tajribani mahalliy sharoitga moslashtirish zarurati asoslab berilib, ochiqlik siyosatini yanada rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar taklif qilingan.

170
14.09.2025

O‘ZBEK TILI TIBBIY ELEKTRON LUG‘ATLARI AMALIY LEKSIKOGRAFIK RIVOJLANISHINING YANGI BOSQICHI SIFATIDA

Ushbu maqolada tibbiy terminologik lug‘atlarning elektron shaklga o‘tishi va bu jarayonning o‘zbek tilidagi amaliy leksikografiya rivojiga ta’siri o‘rganilgan. Elektron lug‘atlarning afzalliklari, jumladan tezkor qidiruv, yangilanish imkoniyati, multimedia bilan boyitilish kabi jihatlar tahlil qilingan. Shuningdek, mavjud muammolar, ularni hal etish yo‘llari hamda elektron tibbiy lug‘atlarning ilmiy-amaliy ahamiyati yoritilgan.

176
14.09.2025

O‘ZBEKISTON VA QO‘SHNI DAVLATLARDA BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA “TRANSLANGUAGING” YONDASHUVINING TAQQOSLANISHI

Mazkur maqolada O‘zbekiston va qo‘shni davlatlarda boshlang‘ich ta’lim jarayonida (translanguaging) yondashuvining tatbiqi taqqosiy jihatdan tahlil qilinadi. Translanguaging – o‘quvchilar bir nechta til resurslaridan integratsiyalashgan holda foydalanib, fikr almashish, muloqot qilish va bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiluvchi zamonaviy yondashuv hisoblanadi. Tadqiqotda til siyosati, o‘quv dasturlari, o‘qituvchilar tayyorgarligi, darsliklar va metodik ta’minot, o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyasini rivojlantirish omillari kabi mezonlar asosida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston tajribalari taqqoslanadi. Maqolada, avvalo, har bir mamlakatning davlat til siyosati va ko‘p tillilikka doir rasmiy hujjatlari o‘rganiladi. Keyin boshlang‘ich ta’lim dasturlarida ona tili va chet tillarining o‘rni, integratsiyalashgan darslarni tashkil etish imkoniyatlari va mavjud tajribalar tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi, til o‘tkazishga bo‘lgan munosabati hamda amaliyotdagi real qo‘llanish holatlari qiyosiy ko‘rib chiqiladi. Natijada, O‘zbekistonda translanguaging yondashuvi milliy qadriyatlarni saqlagan holda, ko‘p tillilikni rivojlantirish, kommunikativ kompetensiyani oshirish va xalqaro standartlarga yaqinlashishda muhim o‘rin tutishi aniqlanadi. Qo‘shni davlatlar tajribasi bilan taqqoslash esa mavjud muammolarni bartaraf etish va samarali metodikalarni ishlab chiqishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

179
14.09.2025

АБУ РАЙҲОН БЕРУНИЙНИНГ АХЛОҚ ВА ФАН МЕЪЁРЛАРИ ҲАҚИДАГИ НАЗАРИЯСИ

Абу Райҳон Берунийнинг серқирра илмий меросида унинг ахлоқий қарашлари ҳам алоҳида ўринга эга. Аллома баъзи асарларининг муайян қисмигина бизгача етиб келгани туфайли файласуфнинг қаламига мансуб ахлоққа бағишланган алоҳида асарлари бўлган ёки йўқлигини аниқ айтиш имконсиздир. Қомусий олимнинг қарашларининг таҳлили шуни кўрсатадики, расмий диний мафкура таъсири остида бўлса-да, унинг ахлоққа доир қарашлари моҳиятан умуминсоний ва илмий-маърифий хусусиятга эга бўлган.

169
10.09.2025

TALABALARNING MUSTAQIL IJODIY FAOLIYATI METODIKASINING MAQSADLARI, TAMOYILLARI, MAZMUNI VA USLUBIY ASOSLARI

Maqolada talabalarning mustaqil ijodiy faoliyati metodikasining maqsadlari, tamoyillari, mazmuni va uslubiy asoslari nazariy tahlil qilindi. Uning tasnifi, parametrlari va mustaqil ijodiy faoliyatni rivojlantirishga yordam berish usullari tavsiflandi.

187
01.09.2025

ХАЛҚ ДИПЛОМАТИЯСИДА “МАСЖИДЛАР ФЕНОМЕНИ”: МАДАНИЙ МЕРОС, ХАЛҚАРО ҲАМКОРЛИК ВА “ЮМШОҚ КУЧ” СИЁСАТИНИНГ ЎЗАРО БОҒЛИҚЛИГИ

Мазкур мақолада масжидлар дипломатияси феномени илк ислом давридан бошлаб замонавий Ўзбекистонгача бўлган тарихий, маданий ва сиёсий жараёнлар мисолида таҳлил қилинади. Масжидларнинг фақат диний ибодат маскани сифатида эмас, балки ахборот тарқатиш, дипломатик алоқалар ўрнатиш, таълим бериш ва жамият бирдамлигини таъминлашдаги ўрни ёритилади. Марказий Осиёда турли давлатлар томонидан масжидлар қурилиши ва тикланиши орқали амалга оширилаётган “yumshoq куч” сиёсатининг геосиёсий мақсадлари таҳлил этилади. Лангар ота масжидини АҚШ кўмагида қайта тиклаш мисолида маданий мерос объектлари орқали халқаро ҳамкорлик, ўзаро ишонч ва халқлар ўртасидаги мулоқот ривожи ёритилган.

155
01.09.2025

YAQIN VA O‘RTA SHARQDAGI XALQARO MUNOSABATLAR HAMDA GEOSIYOSIY TRANSFORMATSIYA JARAYONLARI

Ushbu maqolada Yaqin va Oʻrta Sharq mintaqasidagi xalqaro munosabatlar tizimi va u yerda yuz berayotgan geosiyosiy transformatsiya jarayonlari tahlil qilinadi. Mintaqadagi asosiy geosiyosiy kuchlar oʻrtasidagi raqobat, tashqi davlatlarning strategik manfaatlari, tabiiy resurslar uchun kurash, diniy va etnik mojarolar, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik masalalari koʻrib chiqiladi.

174
01.09.2025

KVALITOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA OLIY TA’LIMDA TA’LIM SIFATI VA MAZMUNINI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI

Ushbu maqolada kvalitologik yondashuv asosida oliy ta’lim tizimida ta’lim sifati va mazmunini takomillashtirishning ilmiy-metodik asoslari o‘rganilgan. Xususan, kvalitologiya yondashuvining mazmuni pedagogika nuqtayi nazaridan tahlil etilgan hamda ta’lim jarayoniga integratsiyalash imkoniyatlari yoritib berilgan.

158
01.09.2025

AFG‘ONISTON VA POKISTON MUNOSABATLARIGA “PASHTUNLAR OMILI”NING TA’SIRI

Mazkur maqolada afg‘on va pashtun atamalarini paydo bo‘lishi, pashtunlarni kelib chiqishi, ularning Afg‘oniston va Pokistondagi o‘rni hamda ushbu mamlakatlar siyosatiga ta’siri haqida atroflicha so‘z yuritiladi. Shuningdek, maqolada pashtunlarning “Pashtuniston” davlatini tuzish g‘oyasi va uni amalga oshirishga qaratilgan urinishlar batafsil bayon etiladi. Afg‘oniston va Pokistonning pashtunlar harakatiga nisbatan pozitsiyasi va tomonlarning yuritgan siyosati keng yoritiladi.

179
23.08.2025

ARKTIKA KEMA YO'LLARINING GEOSIYOSIY AHAMIYATI HAMDA XITOY VA ROSSIYANING ARKTIKANI O'ZLASHTIRISHDAGI HAMKORLIK STRATEGIYASI

Ushbu maqola global iqlim o'zgarishi, energiya xavfsizligi va xalqaro hamkorlik kontekstida Arktika yuk tashish yo'llarining geosiyosiy ahamiyatini tahlil qiladi. Asosiy e'tibor Rossiya va Xitoyning Shimoliy dengiz yo'lini (NSR) rivojlantirishdagi roli, shuningdek, ularning Arktika mintaqasidagi strategik sheriklik istiqbollariga qaratilgan. Maqolada Arktikada navigatsiyaning xalqaro huquqiy jihatlari, iqtisodiy foyda va xavflar, shuningdek, asosiy global ishtirokchilarning geostrategik manfaatlari ko‘rib chiqiladi. Mavjud ilmiy adabiyotlar, davlat strategiyalari va davlatlararo shartnomalar tahlili berilgan. Tadqiqot natijalari Arktikaning jahon siyosatidagi ahamiyati ortib borayotganidan dalolat beradi va mintaqaning barqaror rivojlanishi uchun Rossiya va Xitoyning birgalikdagi sa’y-harakatlari zarurligini ta’kidlaydi.

231
28.07.2025

MADANIY ALOQALARDA ROSSIYA-XITOY HAMKORLIKNI MUSTAHKAMLASH ISTIQBOLLARI

Rossiya-Xitoy madaniyatlararo munosabatlarini rivojlantirish XXI asrga yo‘naltirilgan yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlikning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi har tomonlama sheriklik va strategik hamkorlikning eng muhim jihatlaridan biridir. Hozirgi vaqtda Rossiya-Xitoy madaniyatlararo almashinuvi dastlabki muvaffaqiyatlarga erishdi va keng rivojlanish istiqbollarini namoyish etmoqda. Xitoy va Rossiya o'rtasidagi gumanitar va ijtimoiy sohalardagi almashinuv va hamkorlikni yanada kengaytirish, shuningdek, Rossiya-Xitoy munosabatlarining barqaror va sog'lom rivojlanishiga ko'maklashish uchun ko'proq harakat qilish kerak.

215
23.07.2025

VOYAGA YETMAGANLAR O’RTASIDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISHDA MA’NAVIY TADBIRLARNING AHAMIYATI

Mazkur maqolada voyaga yetmagan jinoyatchilar shaxsining kriminologik tavsifi, ularning shaxsiy xarakteridagi o‘ziga xos xususiyatlari, voyaga yetmaganlar o’rtasida jinoyatlar va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar, voyaga yetmaganlar o’rtasida solir etilgan jinoyatlar haqida statisitik ma’lumotlar, ularning jinoyatlarini oldini olishda ma’naviy tadbirlarning ahamiyati haqida tahlillar keltirilgan.

187
23.07.2025