Barcha maqolalar

HIND TILIDA QISHLOQ XO'JALIGI TERMINOLOGIYASI

Ushbu maqolada hind tilining qishloq xo'jaligi terminologiyasi o'rganilib, uning kelib chiqishi, lingvistik xususiyatlari va o'zbek ekvivalentlari bilan taqqoslashga e'tibor qaratilgan. Tadqiqot shuni ko'rsatadiki, hind qishloq xo'jaligi atamalari chuqur tarixiy ildizlarga ega, sanskrit, fors va ingliz tillaridan kelib chiqqan va zamonaviy texnologiyalar ta'sirida doimiy ravishda rivojlanib bormoqda. Tahlil ularning semantik ravshanligi, madaniy ahamiyati va qiyosiy lingvistik tadqiqotlar uchun ahamiyatini ta'kidlaydi.

22
31.10.2025

HAVO IFLOSLANISHI TARQALISHINI GAT YORDAMIDA MODELLASHTIRISH

Ushbu maqola havo ifloslanishi tarqalishini geoaxborot tizimlari (GAT) yordamida modellashtirishning metodlari, imkoniyatlari va amaliy ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada yer usti monitoring stansiyalari, transport va sanoat zonalaridan olingan ma’lumotlar hamda masofaviy kuzatish texnologiyalari asosida havo ifloslanishining fazoviy va vaqt bo‘yicha tarqalishini tahlil qilish usullari tavsiflanadi. Shuningdek, GAT yordamida ishlab chiqilgan modellar ekologik monitoring, shahar rejalashtirish va barqaror rivojlanish strategiyalarini qo‘llashda amaliy ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatiladi.

20
31.10.2025

QANDLI DIABET BILAN XASTALANGAN OTA VA ONALARDAN TUG‘ILGAN AVLODLAR YURAK QORINCHALARINING DEVORIDAGI MORFOMETRIK O‘ZGARISHLAR

Ushbu maqolada qandli diabet bilan xastalangan ota-onalardan tug‘ilgan avlodlarning yurak qorinchalari devorida kuzatiladigam morfometrik o‘zgarishlar o‘rganilgan. Ekperimental tadqiqotda yurak kardiomiotsit hujayralari, kapillyar tarmog‘i hamda miokardning strukturasi tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, diabetik avlodlarda yurak devori qalinlashgani, kardiomiotsitlar gipertrofiyasi va interstitsial biriktiruvchi to‘qima miqdorining ortgani aniqlandi. Ushbu o‘zgarishlar yurakda funksional buzilishlarning erta morfologik belgilari sifatida baholandi. Eksperimental tadqiqot natijalari qandli diabetning avlod yurak tuzilmasiga ta’sirini chuqur ilmiy natijalarga tayangan holda o‘rganish va onadagi qandli diabetning avlod yuragida keltirib chiqaruvchi asorat va oqibatlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun ilmiy-amaliy asos bo‘lishi mumkin.

23
31.10.2025

O'ZBEKISTONDAGI UNIVERSITET TALABALARI ORASIDA TALABALARNING MOTIVASIYASI VA ULARNING INGLIZ TILIDAGI YUTUQLARI O'RTASIDAGI MUNOSABAT

Motivatsiya o'quvchilarning chet tilini o'zlashtirishdagi muvaffaqiyatini aniqlashda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Ushbu tadqiqotda O'zbekistondagi universitet talabalari orasida talabalarning motivatsiyasi va ularning ingliz tilidagi yutuqlari o'rtasidagi bog'liqlik o'rganiladi. Motivatsiya so'rovnomasi va talabalarning akademik natijalaridan foydalangan holda miqdoriy korrelyatsion dizayn qo'llanildi. Natijalar motivatsiya va ingliz tilidagi yutuqlar o'rtasida sezilarli ijobiy bog'liqlikni aniqladi, bu esa motivatsiya darajasi yuqori bo'lgan talabalar ingliz tili kurslarida yaxshiroq natijalarga erishganliklarini ko'rsatadi. Tadqiqot shuningdek, ichki motivatsiya tashqi motivatsiyaga qaraganda yutuqlarga kuchliroq ta'sir ko'rsatishi aniqlandi. Natijalar ingliz tilini o'qitishda motivatsion strategiyalarning ahamiyatini ta'kidlaydi va o'qituvchilar uchun amaliy oqibatlarni taklif qiladi.

29
31.10.2025

KOD SIFATINI OSHIRISH VA REFAKTORING USULLARI

Ushbu maqola dasturiy ta’minot ishlab chiqishda kod sifatini oshirish va refaktoring usullarining ahamiyatini tahlil qiladi. Kod sifatini oshirish — dasturiy mahsulotning barqarorligi, o‘qilishi va kengaytirilishini ta’minlash uchun muhim jarayon hisoblanadi. Maqolada refaktoringning asosiy prinsiplari, uning turlari va zamonaviy texnikalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, kod sifatini baholashda qo‘llaniladigan mezonlar va ularning dasturiy injinering jarayonidagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqot natijalari dasturiy mahsulot sifatini yaxshilashga qaratilgan samarali yondashuvlarni aniqlashga yordam beradi. Ushbu ish dasturiy injenerlar va tadqiqotchilar uchun kod sifatini oshirishda amaliy yo‘nalishlarni belgilashga xizmat qiladi.

23
31.10.2025

IJTIMOIY SHERIKLIK VA IJTIMOIY MULOQOT

So‘nggi yillarda ijtimoiy sheriklik, ya’ni fuqarolik jamiyati va davlat o‘rtasidagi hamkorlik zamonaviy davlat boshqaruvida muhim o‘rin egalladi. Ushbu hamkorlik ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni birgalikda hal qilish, davlatning ijtimoiy funktsiyalarini bajarishga ko‘maklashish va fuqarolik jamiyatini mustahkamlash uchun asosiy vositalardan biridir. O‘zbekiston ham bu yo‘nalishda o‘z tajribasini rivojlantirmoqda. Bu maqolada ijtimoiy sheriklikning nazariy asoslari, shakllari, afzalliklari, muammolari va O‘zbekistondagi holati yoritiladi.

28
31.10.2025

MILLIY MЕNTALITЕTGA IJTIMOIY TRANSFORMATSIYALARNING TA’SIRI

Ushbu maqala ijtimoiy transformatsiya jarayonlarining mazmun-mohiyatini ochib berish, hamda davlat, jamiyat va shaxs hayoti, faoliyati, dunyoqarashini tub tarkibiy o‘zgarishlariga olib keluvchi jarayonlar tahliliy yoritilgan. Shuningdek, transformatsiya jarayonining milliy mentalitetiga va milliy ongi ta’siri to‘g‘risida fikr, mulohozalar bayon etilgan.

25
31.10.2025

NOGIRONLIGI BO‘LGАN BOLАLАRNI REАBILITАTSIYА QILISHNING PEDАGOGIK JIHАTLАRI

Ushbu mаqolаdа nogironligi bo‘lgаn bolаlаrni reаbilitаtsiyа qilish jаrаyonining pedаgogik jihаtlаri yoritilgаn. Reаbilitаtsiyа jаrаyonidа tа’lim-tаrbiyа metodlаrining o‘rni, pedаgoglаrning kаsbiy yondаshuvi, shuningdek, bolаlаrning ijtimoiy moslаshuvi vа shаxsiy rivojigа tа’siri tаhlil qilinаdi. Mаqolаdа mаxsus pedаgogikа vа ijtimoiy reаbilitаtsiyа jаrаyonining uzviy bog‘liqligi, tа’limiy texnologiyаlаr vа innovаtsion metodlаrning qo‘llаnilishi hаm yoritib berilgаn. Tаdqiqot nаtijаlаri nogiron bolаlаrni jаmiyаtgа muvаffаqiyаtli integrаtsiyа qilishdа pedаgogik yondаshuvlаrning аhаmiyаtini ko‘rsаtаdi.

21
31.10.2025

XALQARO HUQUQIY TA’LIM STANDARTLARI VA ULARNING MILLIY TA’LIM TIZIMIGA TATBIQI (O‘ZBEKISTON MISOLIDA)

Mazkur ilmiy ishda zamonaviy ta’lim jarayonlarini xalqaro me’yor va ko‘rsatkichlar asosida rivojlantirish hamda ularni mahalliy sharoitga moslashtirish masalalari tahlil qilinadi. Jahon tajribasida keng qo‘llanilayotgan huquqiy ta’lim yondashuvlari, jumladan, o‘quv dasturlarini kompetensiyaga asoslangan tarzda shakllantirish, akademik erkinlikni kengaytirish va ta’lim sifati monitoringini mustahkamlash mexanizmlari ilmiy jihatdan o‘rganilib, ular mahalliy ta’lim siyosatidagi islohotlar bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Shu bilan birga, milliy huquqiy tizimni global standartlarga moslashtirishda yuzaga kelayotgan muammolar, ularning ijtimoiy-huquqiy oqibatlari va bartaraf etish yo‘llari ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning nazariy asoslari sifatida xalqaro tashkilotlarning ta’lim sohasidagi hujjatlari, ilg‘or xorijiy tajribalar va milliy qonunchilik talablari tahlil etilgan. Natijada, ta’lim mazmuni va metodikasini takomillashtirish, kadrlar malakasini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali huquqiy sohada yuqori sifat ko‘rsatkichlariga erishishning konseptual yo‘nalishlari ishlab chiqiladi.

76
18.10.2025

O‘ZBEKISTONDA TABIY GAZ ENERGIYA SIYASATINING TRANSFORMASI VA BARQARAR RIVOJLANISH BO‘YICHA TADQIQOTLAR.

Ushbu maqola O'zbekistonning 2022 yildan 2026 yilgacha bo'lgan energetika strategiyasini o'zgartirishning asosiy mazmunini muntazam ravishda tahlil qilib, tabiiy gazni qidirish va rivojlantirish, bozorni liberallashtirish, qayta tiklanadigan energiyani sinergetik rivojlantirish va kimyo sanoatini modernizatsiya qilish siyosatiga e'tibor qaratadi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, Oʻzbekiston “Yangi Oʻzbekistonni 2022-2026-yillarda rivojlantirish strategiyasi” orqali energiya tizimini bozorga yoʻnaltirilgan islohotga koʻmaklashmoqda, tabiiy gaz narxini subsidiyalash bosqichma-bosqich bekor qilinmoqda, energiya ulgurji bozori tashkil etilmoqda va soliq imtiyozlari orqali qayta tiklanadigan energiyaga xususiy investitsiyalarni jalb qilmoqda. Shu bilan birga, mamlakat tabiiy gaz kimyo sanoatini faol rivojlantirmoqda va qo'shilgan qiymatli resurslarga erishish uchun GTL loyihalarini amalga oshirishga ko'maklashmoqda. Biroq qish mavsumida talab va talab ziddiyati, infratuzilmaning yetarli emasligi va gazdan ruxsatsiz foydalanish muhim muammolar bo‘lib qolmoqda. Ushbu maqola Markaziy Osiyo energetika siyosatini tushunish uchun amaliy ma'lumotnoma taqdim etgan holda siyosat matnlari va statistik ma'lumotlarni birlashtirish orqali O'zbekistonning energiyaga o'tish samaradorligi va cheklovlarini baholaydi.

74
18.10.2025

СИЁСИЙ БОШҚАРУВДА СИЁСИЙ ТЕХНОЛОГИЯЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ЗАМОНАВИЙ УСУЛЛАРИ

Мақолада замонавий сиёсий бошқарувда рақамли технологиялар, data-driven сиёсат ва сиёсий PR воситалари қўлланилиши таҳлил қилинган. Муаллиф рақамлашув жараёнларининг давлат ва жамият ўртасидаги муносабатларга таъсирини, катта маълумотлардан фойдаланиш орқали сиёсий қарорларни қабул қилиш самарадорлигини ҳамда жамоатчилик фикрини бошқаришнинг ижобий ва салбий жиҳатларини ёритиб берган.

148
27.09.2025

TILSHUNOSLIKDAGI MUAMMOLAR

Til — insoniyat madaniyatining eng muhim poydevorlaridan biridir. U nafaqat muloqot vositasi, balki tafakkur, madaniyat, jamiyat va tarixning ajralmas bo‘lagidir. Tilshunoslik esa ushbu murakkab tizimni o‘rganuvchi fan bo‘lib, turli yondashuvlar, nazariyalar va metodlarni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, tilshunoslik fanida ko‘plab muammolar mavjud bo‘lib, ular hali-hanuz ilmiy izlanish va tahlilni talab qiladi. Ushbu maqolada tilshunoslikda uchraydigan asosiy muammolar, ularning sabablari va ilmiy yondashuvlar haqida fikr yuritiladi.

156
27.09.2025