TARIX DARSLARIDA RAQAMLI BAHOLASH VOSITALARIDAN FOYDALANISH: PLICKERS PLATFORMASI MISOLIDA

Mazkur maqolada tarix darslarida o‘quvchilar bilimini tezkor va xolis baholashda raqamli baholash vositalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Xususan, Plickers platformasining ishlash mexanizmi, undan tarix fanini o‘qitishda foydalanish metodikasi, afzalliklari va ayrim cheklovlari tahlil qilingan. Tadqiqotda pedagogik kuzatuv, ilmiy-metodik adabiyotlarni tahlil qilish, taqqoslash va namunaviy dars vaziyatini modellashtirish usullaridan foydalanildi. “Amir Temur davlati”, “Birinchi jahon urushi”, “Ikkinchi jahon urushi” hamda “O‘rta asrlarda Yevropa” mavzulari misolida Plickers yordamida formatif baholashni tashkil etish bosqichlari ishlab chiqildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, platforma o‘quvchilarning darsdagi faolligini oshirish, mavzuni o‘zlashtirish darajasini real vaqt rejimida aniqlash, individual natijalarni saqlash va o‘qituvchining keyingi pedagogik qarorlarini asoslash imkonini beradi. Plickers o‘quvchilardan alohida mobil qurilma talab qilmasligi sababli texnik imkoniyatlari cheklangan sinflarda ham foydalanish mumkin bo‘lgan qulay raqamli baholash vositasi hisoblanadi.

79
28.07.2026

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TALABALARNING HUQUQIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

This article analyzes the pedagogical foundations of the development of legal culture of students in higher educational institutions from a scientific, theoretical and practical point of view. The study highlights the content and essence of legal culture, its role in the comprehensive development of the student's personality, and pedagogical factors that serve to form legal consciousness and legal thinking in the modern education system. It also reveals the importance of introducing innovative pedagogical technologies into the educational process, a competency-based approach, interactive teaching methods, and spiritual and educational activities in the development of legal culture. The article develops scientific and practical recommendations aimed at increasing the effectiveness of developing legal culture of students in higher educational institutions.

104
24.07.2026

HOZIRGI ZAMON O'QUVCHILARNING IJODIY KONROQISHINI RIVOJLANTIRISH USULLARI

Ushbu maqolada zamonaviy ta’limda pedagogik texnologiyalar yordamida zamonaviy o‘quvchilarning ijodiy dunyoqarashini rivojlantirish yo‘llari ilmiy jihatdan ochib berilgan. Bundan tashqari rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’limni rivojlantirishda pedagogik texnologiyalarning o‘quv jarayonini tashkil etishdagi o‘rni va ular orqali o‘quvchilarning ijodiy dunyoqarashini rivojlantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish yo‘llari, pedagogik texnologiyalarning ko‘rinishlari eng muhim vazifa hisoblanadi. texnologiyalari, pedagogik texnologiyaning strukturaviy jihatlari, qismlari kabi masalalar tahlil qilinadi.

1208
09.12.2023