Ilmiy qadriyatlarning inson va jamiyatning ma’naviy kamolotidagi ahamiyati masalalari Abu Abdulloh Xorazmiy, Muso al Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino va boshqa mutafakkirlarining asarlarida muhim o‘rin tutgan. Ular ilmiy qadriyatlarning avlodlar va zamonlarni bir-biri bilan bog‘lovchi xalqa, insonni axloqan poklovchi va ezgulikka da’vat etuvchi muhim vosita sifatida tavsiflanganlar.