Hozirgi kunda ingliz tili dunyo bo‘yicha universal tilga aylangan va O‘zbekiston ta’lim tizimida ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘qitish tizimini rivojlantirish bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni o‘rganish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1875-sonli Farmoni mamlakatdagi ta’lim muassasalarida ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘qitish borasida sezilarli yutuqlarga erishishga xizmat qilmoqda.