«KIFOYA»DA FIQH MASALALARINING BAYONI: QIYOSIY TAHLIL

Ushbu maqolada Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Kifoya» asarida fiqhiy masalalarni bayon qilish usuli tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor ibodat va muomalotga oid hukmlarning taqdim etilish shakliga qaratilgan bo‘lib, ular klassik hanafiy manbalari — «Muxtasar al-Viqoya» va «Majma’ al-Maqsud» bilan qiyosiy asosda o‘rganiladi. Tadqiqot jarayonida «Kifoya»ning soddalashtirilgan, tizimli va ta’limiy xususiyati, «Muxtasar al-Viqoya»ning lo‘nda va qoliplashgan tuzilishi hamda «Majma’ al-Maqsud»ning batafsil va sharhga asoslangan yondashuvi aniqlanadi. Natijada, ushbu asarlarning fiqh ilmidagi o‘rni va ularning uslubiy farqlari yuzasidan xulosalar chiqariladi.

6
14.10.2026