BOLALAR ADABIYOTIDA FANTASTIKA VA UNING BOLALAR TAFAKKURIGA TA’SIRI

Mazkur ilmiy maqolada bolalar adabiyotida fantastika janrining o‘rni va uning bolalar tafakkuri hamda tasavvur dunyosiga ta’siri o’rganiladi. Tadqiqotda Children's Literature doirasida fantastik elementlarning kognitiv rivojlanish, ijodiy fikrlash va axloqiy tasavvurlar shakllanishiga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Shuningdek, fantastik syujetlar bolalarda muammolarni hal qilish ko‘nikmasini rivojlantirishi, abstrakt fikrlashni kuchaytirishi va emotsional empatiyani oshirishi ta’kidlanadi. Tadqiqotda J. K. Rowling ijodidagi “Harry Potter” asari va Roald Dahl ertaklari misolida fantastikaning bolalar psixologiyasiga ta’siri tahlil qilinadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, fantastika bolalar tafakkurining kengayishida muhim pedagogik va tarbiyaviy ahamiyatga ega.

109
10.06.2026

INSON HAYOTIDAGI SINOVLAR VA SINOV OFATLARINING DONOLIKLARI: ABULFAZL MOIBUDIYNING "KASHF UL-ASROR" TAFSIRINI FALSAFIY TAHLIL

Ushbu maqolada Abulfazli Maybudiyning "Kashf ul-Asror" tafsiri asosida inson hayotidagi sinov va qiyinchiliklarning mohiyati va ahamiyatini falsafiy va irfonistik tadqiq qilish taqdim etiladi. Islom irfonidagi sinov va qiyinchiliklar ruhni poklash, bilimni mustahkamlash va ma'naviy kamolotga erishishning zaruriy bosqichlari sifatida qaraladi. Maybudiyning ta'limotlariga tayanib, muallif sinovlar nafaqat sabr va matonat sinovi, balki Qodir Tangrining irodasi bilan haqiqiy bilim, ilohiy sevgi va fanoga erishish vositasi ekanligini ko'rsatadi. Qiyinchiliklar insonni yuzaki idrokdan mavjudlik va ichki missiyani chuqur tushunishga olib boradigan yashirin ilohiy in'omlar sifatida tushuniladi. Maqolada sinovlarning o'z-o'zini bilishga, irodani mustahkamlashga va insonning ma'naviy yo'lini rivojlantirishga ta'siri tizimli va chuqur o'rganiladi.

644
30.01.2026

АБУ РАЙҲОН БЕРУНИЙНИНГ АХЛОҚ ВА ФАН МЕЪЁРЛАРИ ҲАҚИДАГИ НАЗАРИЯСИ

Абу Райҳон Берунийнинг серқирра илмий меросида унинг ахлоқий қарашлари ҳам алоҳида ўринга эга. Аллома баъзи асарларининг муайян қисмигина бизгача етиб келгани туфайли файласуфнинг қаламига мансуб ахлоққа бағишланган алоҳида асарлари бўлган ёки йўқлигини аниқ айтиш имконсиздир. Қомусий олимнинг қарашларининг таҳлили шуни кўрсатадики, расмий диний мафкура таъсири остида бўлса-да, унинг ахлоққа доир қарашлари моҳиятан умуминсоний ва илмий-маърифий хусусиятга эга бўлган.

754
10.09.2025

“LISON UT-TAYR” DOSTONI MUQADDIMASIDAGI BILISH NAZARIYASI VA ONTOLOGIK QARASHLAR TAHLILI

Mazkur maqolada Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonining I bob qismidagi ontologik masalalar va bilish nazariyasiga oid qarashlar tahlil qilinadi. Haqiqatni bilish mumkinmi agar mumkin bo’lsa qay tarzda bu jarayon amalga oshiriladi, tabiiy muhitdagi muvozanatlar haqida muxtasar so’z yuritiladi.

657
02.06.2025

ABU BAKR AR-ROZIYNING “FALSAFIY HAYOT TARZI” ASARIDA SUQROT HAYOTINING YORITILISHI

Ushbu maqolada biz Abu Bakr ar-Roziyning “Falsafiy hayot tarzi” asari orqali Suqrotning ikki xil hayoti orqali insonlarda falsafiy turmush tarzi qanday bo‘lishi kerakligi haqida mulohazalar yuritdik. Maqolada Suqrot hayotidan misollar keltirilgan bo‘lib, uning hayotidagi yutuq va kamchilliklar bayon qilingan. Shuningdek Suqrotning oddiyligining sababi, nega bunday oddiy hayot kechirgani yoritilgan.

919
28.03.2024

ЭРКИНЛИК- ИНСОННИНГ ОЛИЙ ҚАДРИЯТИ СИФАТИДА

Бугунги глобаллашув жараёнида инсон қадри масаласи тобора долзарблик касб этиб бормоқда. Зеро инсон қадрини улуғлаш, унинг жамият ҳаётидаги роли жуда катта аҳамият касб этмоқда

1056
24.01.2024