Maqola buyuk mutafakkirlardan biri Ibn Sinoning ilmiy ijodi tadqiqiga bag‘ishlangan. Tasavvuf ta’limoti tarixida o‘zining munosib o‘rnini egallagan komil inson tahlili asosida olimning so‘fiyona qarashlari yoritildi.
Maqola buyuk mutafakkirlardan biri Ibn Sinoning ilmiy ijodi tadqiqiga bag‘ishlangan. Tasavvuf ta’limoti tarixida o‘zining munosib o‘rnini egallagan komil inson tahlili asosida olimning so‘fiyona qarashlari yoritildi.
Ushbu maqolada ekologik barqarorlikni ta’minlashning umumiy va zarur jihatlari, atrof- muhit va biologic xilma – xillikni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishning mamlakat ekologik barqarorligiga ta’sirini O’zbekiston va Xalqaro tajribalarni o’rgangan holda ochib berishga qaratilgan.
Bir-biriga qardosh va qardosh bo‘lmagan tillar o‘rtasidagi sheva va dialektlar bir-biridan farq qilishi barchamizga ma’lum. Diniy barqaror birliklarning shevaviy xususiyatlarini o’rganish esa ikki til o’rtasidagi umumiy va xususiy jihatlarni yanada kengroq aniqlashga xizmat qiladi.
Maqolada Surxon vohasining shimoliy tumanlaridan biri, Sariosiyo qishloqlari aholisining e’tiqodiy qarashlari bilan bog’liq bo’lgan Azbaroyilloh marosimining funksiyaviy vazifalari xususida so’z yuritiladi.
Ushbu maqolada belgilangan xizmat muddati tugagan temir yo‘llarning tortuvchi harakatlanuvchi tarkiblarining, jumladan sanoat lokomotivlarining xizmat muddatini me’yoriy hujjatlarga asosan uzaytirish tartibining tahlili keltirilgan. Bundan tashqari lokomotivlarning qoldiq xizmat muddatini baholash uchun olib borilishi zarur bo‘lgan ilmiy tadqiqot ishlarining ro‘yxati va tartibi haqida ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.
Ushbu maqolada XIV-XV asrlarda movarounnahrda ijtimoiy-siyosiy fikrlar taraqqiyoti tahlil qilindi. О‘rta asrlarda Movarounnahrda bir qator ilm-fan rivojlanib taraqiy topdi. Bular qatorida tafsir (Qur’on sharhi) ilmi ham о‘zining taraqqiyot bosqichini bosib о‘tdi. XIV-XV asrlarda Movarounnahrda ilm-fan yuksak darajada rivojlanganligi va o’sha davrda yashab ijod qilgan olimlarning ilmlariga to’xtalib o’tilgan.
Ushbu maqolada tilshunoslik fani uchun mutloq yangi bo‘lgan atama - meronim va uning til sathi doirasidagi xususiyatlari haqida fikr yuritiladi. Meronim bu til birligining kichik leksik qismi bo’lib, u butunning qismini ifodalaydigan kichik til butunligidir. Bu atama tilshunoslik sohasida ma’lum bo’lgan atnomim, sinonim, omonim va paronimlik leksik xosdoshliklardan farqli o’laroq, soha rivojlanish mumkinligini isbotlovchi taraqqiyot mahsuli natijasida yuzaga kelgan va so’zlararo munosabatlarning o’ziga xoslik: leksik, semantik, sintaktik vazifalarini namoyon eta oladigan leksik birlikdir.
Ушбу мақолада Сурхон-Шеробод воҳаси деҳқонлари қўш чиқариш ва экин экиш билаи боғлиқ урф-одат ва маросимларини ўтказиш билан боғлиқ қарашлари, бу маросимларда қишлоқнинг каттаю кичиги фаол иштирок этишганлиги, маросимлар марказида Бободеҳқон тимсолидаги қария ва эл оқсоқоллари туришганлиги юзасидан қиёсий таҳлиллар берилган. Албатта, бу иштирокчилар аждодлар таомилларига тўлиқ амал қилган ҳолда иш юритишган. Ҳосилдорлик ҳомийси билан боғлиқ сеҳрли (магик) расм-русумлар ҳам амалга оширилган. Ўрта Осиёнинг бошқа минтақаларида бўлганидек, бу ерда ҳам Бободеҳқонга атаб «ис» чиқариш, «ис» ёғи билан қўшга қўшиладиган ҳўкиз шохини, омоч, бўйинтуриқ қисмларини мойлаш имон-эътиқодли, серфарзанд ва ували-жували қария томонидан амалга оширилиши ҳамда ҳар йили эрта баҳорда «она буғдой»ни сепиш маросими ўтказилганлиги қиёсий таҳлиллар билан берилган.
Mazkur maqolada Oybek dostonlarida ayollar obrazi va ularning ichki kechinmalari, front ortidagi fidokorona mehnatlari haqida so‘z yuritiladi.
Maqolada naftenik kislotalarning natriy va kaliy tuzlari emulsiya moylarini ishlab chiqarishda emulsifikatorlar, yog‘larni suvsizlantirishda demulsifikatorlar, kalsiy va alyuminiy naftenatlar, shuningdek kaltsiy va rux tuzlari quyuqlashtiruvchi moddalar sifatida ishlatiladi. moylash moylarining mustahkamligi. qo'rg'oshin, kobalt va marganets naftenatlar motor moylarida dispersant qo'shimchalar sifatida ishlatiladi. Uni bo'yoq va lak sanoatida qurituvchi vosita sifatida, mis va kobalt tuzlarini esa rangli asfalt ishlab chiqarishda qo'llash imkoniyati ko'rsatilgan.
Maqolada tuproqlarni antropogen va texnogen omillar ta’sirida bir necha yillar mobaynida tuproqda og‘ir metallar, mineral o‘g‘itlar tarkibidagi nitrit va ftor asosiy haydov qatlami ostida to‘planib qoladi. Ammo sohada mamlakatning haqiqiy sanitar-ekologik holatini baholash imkonini beruvchi zamonaviy inovatsion va axborat kommunikatsiya texnologiyalari mavjud emasligi ta’kidlangan. Tuproqqa yillar davomida sug‘orish orqali tushayotgan yuzdan ortiq modda va kimyoviy birikmalar oxir oqibat tuproqqa tushib, uni degradatsiyaga uchratmoqda.