XITOY VA O'ZBEK TILLARINING LEKSIKASINI QIYOSIY TAHLIL QILISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV

Ushbu maqolada xitoy va o'zbek tillarining leksikasini qiyosiy tahlil qilishda zamonaviy yondashuv asosida qiyoslab tahlil qilingan. O’zbek tilidan xitoy tiliga tarjima qilish, talabalarning chet tiliga til leksik kompetensiyasini takomillashtirishi jarayonidagi leksik interferensiya hodisasiga e’tibor qaratiladi. Ta’lim muassalarida xitoy tilini о‘rganishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar aniqlanib, ularga zamonaviy yechib topish va takliflar ishlab chiqish metodlari keltirilgan. xitoy, ingliz va o’zbek tillaridagi miqdor so’zlarning tuzilishi jihatidan tahlilini ko’rib chiqish, tasniflash, ularning o’ziga xos xususiyatlarini yoritib berish va tilni, tilning o’ziga xosligini ta'minlashdagi ahamiyatini ko’rsatib berishdir. Shuningdek, xitoy, ingliz va tillarida miqdor so’zlarni kengroq yoritib berish va o’zbek tili bilan solishtirgan holda ular o’rtasidagi o’xshashlik va farqlarni ko’rsatib berishdir.

575
25.10.2023

MA'NAVIY MARGINALIZASINING TARIXIY ILKLARI VA AHAMIYATI.

Maqolada marginallashuv hodisasining tarixi, sabablari, mazmun mohiyati va ta’siri atroflicha ochib berilgan. Uning jamiyat hayotiga ta’siri bugungi globallashuv sharoiti doirasida ko’rib chiqilgan. Dunyodagi ijtimoiy-madaniy sohadagi integratsiyalashuv sharoitida yoshlar ma’naviyatini izdan chiqishiga olib keluvchi va media vositalari yordamida ta’sir o’tkazuvchi ma’naviy marginallashuvning salbiy oqibatlari haqida so’z borgan.

332
15.06.2023

MUHAMMAD SOLIH KASHFIY VA TERMIZ ADABIY MUHITI

Maqolada Termizning bezavol qal’alari bo‘lgan buyuk namoyandalari haqida so‘z yuritilib, shu bilan birgalikda Termiz madaniy muhiti, tarixi, adabiy muhitining vakillari, turli yunalishlarda ijod qilgan mutafakkirlar hayoti, termizlik va termiziy nisbasi bilan ilmiy-adabiy faoliyat olib borgan zotlar nomi haqida ma’lumot beriladi. Shu bilan birgalikda Termiz tarixi va adabiy muhiti borasida olib borlgan tadqiqotlar sanab o‘tiladi, termiziyshunos olimlarning asarlari qisqacha tahlil etiladi. Jumladan Termiziy nisbasi bilan ijod qilgan, asli Termiz sayyidlaridan bo‘lgan Muhammad Solih Kashfiy Termiziy hayoti va merosi borasida ilmiy mulohazalar yuritiladi. Kashfiy Termiziydek shoir voyaga yetishishida Termiz adabiy muhitining vakillari ta’siri ilmiy asosda ko‘rsatib beriladi.

351
09.06.2023

KIMYO DARSLARIDA ATMOSFERA HAVOSINI IFLOSLANISHI, EKOLOGIYAGA OID MASALALAR YECHISH ORQALI EKOLOGIK TA’LIM VA EKOLOGIK TARBIYA BERISH YO’LLARI

Kimyo fanida ekologik ta’lim va ekologik tarbiya berish uchun ayrim ekologik xususiyatga oid masalalardan o’rinli foydalanish lozim. Ular bo’lajak kimyo o’qituvchilari uchun darslarni tashkillashda muxim vosita bo’lib xizmat qiladi.

371
12.11.2022