SIYOSIY JARAYONLARDA VA XALQARO MUNOSABATLARDA SUN’IY INTELLEKT: ISTIQBOLLAR, MUAMMOLAR VA TAHDIDLAR

Maqolada zamonaviy siyosiy jarayonlarda sun’iy intellekt texnologiyalarining qo‘llanilishi tahlil qilingan. Muallif sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida katta miqdordagi siyosiy ma’lumotlarni tahlil qilish, ichki va tashqi siyosat qarorlarini qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash, samarali harakatlar rejalarini ishlab chiqish hamda siyosiy jarayonlarni istiqbolini belgilash, maqsadli auditoriyani manipulyatsiya qilishning ijobiy va salbiy jihatlarini yoritib bergan. Sun’iy intellekt tizimlari orqali siyosiy yo‘naltirilgan algoritmlarni siyosiy jarayonlarga, shuningdek xalqaro munosabatlarda joriy etish natijasida yuzaga keladigan imkoniyatlar va istiqbollar, muammolar va tahdidlar keltirib o‘tilgan.

217
17.05.2026

YAQIN VA O‘RTA SHARQDAGI XALQARO MUNOSABATLAR HAMDA GEOSIYOSIY TRANSFORMATSIYA JARAYONLARI

Ushbu maqolada Yaqin va Oʻrta Sharq mintaqasidagi xalqaro munosabatlar tizimi va u yerda yuz berayotgan geosiyosiy transformatsiya jarayonlari tahlil qilinadi. Mintaqadagi asosiy geosiyosiy kuchlar oʻrtasidagi raqobat, tashqi davlatlarning strategik manfaatlari, tabiiy resurslar uchun kurash, diniy va etnik mojarolar, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik masalalari koʻrib chiqiladi.

653
01.09.2025

SHARQCHILIK TASHQI SIYoSAT STRATEGİYASINING QUVVOLI OLIShI: G‘AYARIY ASOSLARI VA AMALIY KO‘RSOTLARI.

Ushbu maqolada orientalizm davlatlarning tashqi siyosat strategiyalari doirasida qo’llaniladigan barqaror mafkuraviy va siyosiy konstrukt sifatida ko'rib chiqiladi. Siyosiy va ommaviy axborot vositalari diskursi tahlili asosida intervensiyalarni legallashtirish, «boshqa» ko’rinishni shakllantirish va global siyosatda ta’sirni qayta taqsimlash uchun orientalist tasavvurlarni qo’llashning asosiy mexanizmlari aniqlangan. Natijalar shuni ko’rsatadiki, orientalizm ramziy va amaliy hukmronlik vositasi sifatida o’z ahamiyatini saqlab qolmoqda hamda yangi geosiyosiy sharoitlarga moslashmoqda.

591
15.06.2025