UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA RAQAMLI VOSITALAR YORDAMIDA O‘QUVCHILARNING INGLIZ TILIDAGI LEKSIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ingliz tili darslarida o‘quvchilarning leksik kompetensiyasini raqamli vositalar yordamida rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Leksik kompetensiya tushunchasi I.S.P. Nation, N. Schmitt va S. Thornbury qarashlari asosida tahlil qilinib, so‘zni bilishning shakl, ma’no va qo‘llanish jihatlari ajratib ko‘rsatilgan. So‘z o‘zlashtirishning “payqash”, “esga olish” va “ijodiy qo‘llash” jarayonlari hamda “takrorlash oralig‘i” tamoyili va “ishtirok yuki” gipotezasi raqamli vositalarni tanlashning nazariy asosi sifatida asoslangan. Muallif o‘z pedagogik kuzatuvlariga tayangan holda raqamli vositalarni so‘z o‘zlashtirish bosqichlariga moslab qo‘llashning metodik modelini taklif etadi. Elektron kartochkalar, onlayn viktorinalar, interaktiv mashqlar va o‘quvchilar yaratadigan raqamli mahsulotlarning har bir bosqichdagi o‘rni jadval shaklida keltirilgan. Shuningdek, raqamli vositalardan foydalanishdagi muammolar – texnik imkoniyatlarning tengsizligi, o‘yinga berilib ta’lim maqsadidan chetlashish va so‘zlarni kontekstsiz yodlash xavfi – muhokama qilingan. Xulosada ingliz tili o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar berilgan.

226
14.10.2026

ABU ALI IBN SINONING BORLIQ VA BILISH HAQIDAGI FALSAFIY QARASHLARI

Maqolada Abu Ali ibn Sinoning borliq va bilish haqidagi falsafiy qarashlari ilmiy jihatdan manbalar asosida asoslab berilgan. Abu Ali ibn Sinoning ontologik qarashlari asosiy e’tibori bilan neoplatonizm ta’sirida shakllanganligiga guvox bo‘lamiz. Borliq xaqidagi ta’limotning tayanch kategoriyalari materiya, harakat, makon, vaqt, substansiyadir. Maqolada Abu Ali ibn Sino tabiat azaliy va abadiydir, uning qonunlari o‘z-o‘zidan o‘zgarmaydi, inson ularni anglab etishga qodir, jon tana faoliyati bilan belgilanadi va uning individual umrboqiyligi mumkin emas, degan fikrni ilgari surganligi sharhlar bilan keltirildi.

3500
02.11.2024

ROBOTOTEXNIKA TA’LIMIDA VIRTUAL PLATFORMALAR VA STEAM YONDASHUVINING AHAMIYATI

Mazkur maqolada robototexnika ta’limida virtual platformalar va STEAM yondashuvining ahamiyati keng yoritilgan. Virtual platformalar yordamida o‘quvchilar raqamli texnologiyalarni samarali o‘zlashtirish, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash va interaktiv ta'lim jarayonida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. STEAM yondashuvi orqali esa o‘quvchilar nafaqat ilmiy-texnik bilimlarini, balki ijodiy qobiliyatlarini ham rivojlantirishlari mumkin. Maqolada ushbu yondashuvlarning ta'lim jarayonidagi o‘rni va samaradorligi, shuningdek, kelajak avlod mutaxassislarini tayyorlashdagi ahamiyati haqida so‘z boradi. Shu bilan birga, maqola ta'lim tizimini modernizatsiyalash va o‘quvchilarning texnologik innovatsiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirishda virtual platformalar va STEAM yondashuvining imkoniyatlarini ko‘rsatib beradi.

1291
31.08.2024