INGLIZ TILIDAGI UMUMIY OG'ZAKUV QOLG'OQLARI VA XUSHXABARLIK STRATEGIYALARI: PRAGMATIK TAHLIL

Ushbu maqolada zamonaviy ingliz tilida keng qo‘llaniladigan common colloquial molds (kundalik nutqqa xos qolip iboralar) va ularning politeness strategies (muloyimlik strategiyalari) doirasidagi pragmatik funksiyalari tahlil qilinadi. Tadqiqot pragmatika va sotsiolingvistika doirasida olib borilib, til birliklarining muloqot jarayonida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi roliga alohida e’tibor qaratadi. Maqolada P. Brown va S. Levinson tomonidan ishlab chiqilgan muloyimlik nazariyasiga asoslanib, ingliz tilida uchraydigan positive politeness, negative politeness, off-record va bald on-record strategiyalarining kundalik so‘zlashuv nutqida qanday ifodalanishi misollar orqali yoritiladi. Shuningdek, modal fe’llar, bilvosita so‘rovlar, hedging vositalari, inklyuziv iboralar va iltifot shakllarining muloqotdagi yumshatuvchi vazifasi ochib beriladi. Tadqiqot natijalari ingliz tilini o‘rganishda pragmatik kompetensiyani rivojlantirish muhimligini ko‘rsatadi hamda kolloquial nutq shakllarining nafaqat norasmiy, balki kommunikativ samaradorlikni ta’minlovchi vosita ekanini asoslaydi.

32
30.01.2026

DIALOGIK ALOQANING LINGVISTIK-KOGNITIV JIHATLARI

Ushbu maqolada dialogik kommunikatsiyaning lingvistik va kognitiv jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot dialogik nutqni inson tafakkuri, bilim tuzilmalari va kontekstual omillar bilan uzviy bog‘liq hodisa sifatida ko‘rib chiqadi. Dialog jarayonida nutq ishtirokchilarining kognitiv faoliyati, presuppozitsiya, implikatura, nutq aktlari hamda pragmatik ma’no shakllanishi masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Maqolada kognitiv lingvistika doirasida dialogik muloqotni o‘rganishning nazariy asoslari yoritilib, dialogni interaktiv va dinamik jarayon sifatida talqin qilish asoslanadi. Tadqiqot natijalari dialogik diskursni chuqurroq anglashga hamda lingvistik-pragmatik tahlillarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

173
30.12.2025

BLUM TAKSONOMIYASI ASOSIDA PRAGMATIK KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH XUSUSIYATLARI

Ushbu maqola pragmatik kompetensiyani rivojlantirish jarayonida taksonomiyaning tutgan o‘rnini tahlil qiladi. Til o‘rgatishda faqat grammatik bilim emas, balki muloqotning kontekstual va madaniy jihatlari ham muhim sanaladi. Pragmatik kompetensiya o‘quvchilarning tilni to‘g‘ri va mos vaziyatda ishlatish malakasini shakllantiradi. Shuningdek, tadqiqot natijalari asosida taksonomiya asosidagi metodika orqali o‘quvchilarda chuqurroq pragmatik anglashni ta’minlash mumkinligini ko‘rsatadi. Shu asosda, maqola o‘qituvchilar uchun nazariy va amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

499
29.04.2025

TARJIMANING PRAGMATIK JIHATI

Matn tarjimasi, o‘zining ichki tabiati va xususiyatiga ko‘ra, shubhasiz, ko‘plab sohalarning bir qismini ifoda etadi. Ana shunday sohalardan biri pragmatika bo‘lib, u tarjima jarayonining borishi hamda natijasiga ta’sir qilish zarurati hisoblanib, tarjimaning muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Tarjima va pragmatika o‘rtasidagi aloqa anglashilmas darajada namoyon bo‘lib, bu ikki sohani yaqindan o‘rganish ularning ahamiyatli tomonlarini namoyon qiladi.

727
22.05.2024