SURXONDARYO VOHASIDA AN’ANAVIY OILAVIY QADRIYATLAR VA DINIY URF-ODATLARNING ZAMONAVIY TRANSFORMATSIYASI

Ushbu maqolada Surxondaryo vohasida shakllangan an’anaviy oilaviy qadriyatlar va diniy urf-odatlarning tarixiy-etnografik asoslari hamda ularning zamonaviy transformatsiya jarayonlari tahlil qilingan. O‘zbek xalqining oilaviy qadriyatlari, xalq og‘zaki ijodi, milliy urf-odatlari va islom dini ta’limotlarining oilaviy tarbiya tizimidagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, globallashuv, urbanizatsiya, mehnat migratsiyasi hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi ta’sirida Surxondaryo vohasidagi oilaviy qadriyatlar va diniy urf-odatlarda kuzatilayotgan o‘zgarishlar ilmiy tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari oilaviy qadriyatlarning zamonaviy sharoitda ham o‘zining ma’naviy-axloqiy ahamiyatini saqlab qolayotganini hamda yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qilishini ko‘rsatadi.

81
24.07.2026

YUQORI SINF O‘QUVCHILARIDA KASB TANLASH MOTIVATSIYASI SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARI

Quyidagi maqolada yuqori sinf o‘quvchilarida kasb tanlash motivatsiyasining shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar – oila muhiti, tengdoshlar guruhi, ta’lim muassasasi va shaxsiy-psixologik xususiyatlar – keng tahlil qilinadi. Ushbu omillarning kasbiy yo‘nalganlik, qiziqish va qaror qabul qilish jarayoniga ta’siri ko‘rib chiqiladi. O‘tkazilgan kuzatishlar va nazariy tahlillar asosida maktablarda kasbga yo‘naltirish ishlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

286
15.06.2026

ABDURAUF FITRATNING QARASHLARIDA OILANI TASHKIL ETISH ASOSLARI VA AN’ANAVAIY OILA MUNOSABATLARI

Mazkur maqolada Abdurauf Fitratning oila va oilaviy munosabatlarga doir qarashlari tahlil qilingan. Unda mutafakkirning oilani jamiyat taraqqiyotining muhim omili sifatida baholashi, farzand tarbiyasi, er-xotin munosabatlari, ayolning oiladagi o‘rni hamda ma’naviy-axloqiy qadriyatlar haqidagi fikrlari yoritilgan. Shuningdek, Fitratning “Oila” asaridagi g‘oyalarining bugungi davr uchun dolzarbligi ilmiy asosda ochib berilgan.

279
02.06.2026

TARBIYA JARAYONIDA OILAVIY MUNOSABATLARNING FARZAND RUHIYATIGA TA’SIRI

Mazkur maqolada oilaviy munosabatlarning farzand tarbiyasi va kelajagi uchun qanchalik muhimligi, ota-ona munosabatlarining ijobiy yoki salbiyligi farzandlarining ruhiy holatiga ta’siri, to’liq bo’lmagan oilalarda voyaga yetayotgan o’g’il va qiz farzandlar duch kelayotgan muammolar yoritib berilgan. Oila imidjining shakllantirishda ota va onaning o’zaro munosabatlari ahamiyati yoritib berilgan.

1055
29.01.2025

IBN SINO RISOLALARIDA RUHIY TARBIYA MASALALARI

Ushbu maqolada Movarounnahr diyorida yashab ijod qilgan alloma, “Shayxu-r-rais” – Abu Ali ibn Sinoning axloqiy risolalari borasida fikr-mulohazalar keltirilgan. Shuningdek ulug‘ mutafakkirning “Tadbiru-l-manzil”, “Risola fi-l-axloq” kabi risolalarida keltirilgan hikmatlarning inson ma’naviy kamolotidagi ahamiyati tahlil qilingan.

1172
15.07.2024

IBN MISKAVAYHNING IJTIMOIY-FALSAFIY QARASHLARIDA JAMOAVIY HAMJIHATLIK VA O’ZARO MUHABBAT MASALASI

Maqola Musulmon sharqi ijtimoiy-falsafiy tafakkuri tarixida yorqin iz qoldirgan buyuk mutafakkirlardan biri Abu Ali ibn Miskavayhning “Tahzibul-axlaq” asaridagi axloqiy tarbiya, jamoaviy hamjihatlik va o’zaro muhabbat mavzusiga oid mulohazalariga bag’ishlanadi.

1056
01.07.2023