DINSHUNOSLIK YO‘NALISHI TALABALARINING INGLIZ TILI KO‘NIKMALARI ORQALI DEONTOLOGIK KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH

Mazkur maqolada dinshunoslik yo‘nalishi bakalavr talabalarida ingliz tili o‘qitish jarayoni orqali deontologik kompetentlikni shakllantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy g‘urur, baynalminalchilik, adolat, yaxshilik, burch, qadr-qimmat, mas’uliyat, vijdon, halollik, rostgo‘ylik va talabchanlik kabi axloqiy fazilatlarning kasb egalariga, xususan, dinshunoslik soha vakillariga nechog‘li muhim ekaniga e’tibor qaratiladi. Ingliz tilining to‘rtta asosiy ko‘nikmasi — o‘qish (reading), yozish (writing), tinglab-tushunish(listening) va gapirish (speaking) — deontologik mazmundagi materiallar bilan uyg‘unlashtirilib, talabalarning kasbiy axloq me’yorlarini chuqur o‘zlashtirishiga zamin yaratish mumkinligi asoslanadi. Tadqiqot natijalari dinshunoslik ta’limida ingliz tili o‘qitishini deontologik yo‘nalishda takomillashtirish uchun amaliy tavsiyalar beradi.

116
08.04.2026

JISMONIY MADANIYAT FAKULTET TALABALARINING SPORT O‘YINLARI YORDAMIDA KASBIY KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

Maqolada jismoniy tarbiya va sport sohasi mutaxassislari o‘rtasida turli sport turlari, shu jumladan, voleybol bilan shug‘ullanishning pedagogik oliy o‘quv yurtlari jismoniy tarbiya fakulteti talabalari o‘rtasida kasbiy mahorat va shaxsiy fazilatlarning shakllanishiga ta’sirini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari keltirilgan.

626
29.01.2025