ALISHER NAVOIYNING “NASOYIM UL-MUHABBAT” ASARIDA LEKSIK ARABIZMLARNING SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada Alisher Navoiyning tasavvufiy-tazkiraviy xarakterdagi “Nasoyim ul-muhabbat” asarida qo‘llangan leksik arabizmlarning semantik, mavzuviy va stilistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda arabcha o‘zlashmalarning diniy-tasavvufiy tushunchalar, axloqiy-ruhiy sifatlar, rang va yorug‘lik semantikasi, shuningdek ilmiy-kitobiy uslubga xos atamalar doirasidagi vazifalari yoritildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, “Nasoyim ul-muhabbat”dagi arabizmlar faqat lug‘aviy birlik sifatida emas, balki asarning g‘oyaviy-estetik mohiyatini ochuvchi, tasavvufiy tafakkur va komil inson konsepsiyasini ifodalovchi muhim til vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Arabizmlarning denotativ va konnotativ qatlamlari badiiy matnda o‘zaro uyg‘unlashib, nur-zulmat, ilm-jaholat, komillik-naqislik kabi ma’naviy oppozitsiyalarni yuzaga keltiradi. Maqolada tavsifiy, qiyosiy, semantik va stilistik tahlil usullaridan foydalanildi.

13
15.06.2026