BILIMLARNI SEMIOTIK TIZIMLASHTIRISHNING RIVOJLANISHI VA SHAKLLANISHI

Mazkur maqolada bilimlarning shakllanishi va rivojlanishi semiotik tizimlashtirish nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Unda bilim insonning tashqi olam haqidagi axborotni sezgi, idrok, tajriba, mantiqiy umumlashtirish va ijtimoiy kelishuv orqali belgilangan simvolik-kognitiv konstruksiyaga aylantirish jarayoni sifatida talqin etiladi. Maqolada belgi, simvol, tovush, so‘z, matn va konseptlarning paydo bo‘lishi hamda ularning bilimga aylanish mexanizmlari naturalistik, konvensional, antropologik va kognitiv yondashuvlar asosida yoritiladi. Shuningdek, bilimning genetik, sun’iy va ijtimoiy shakllari ajratilib, ularning inson tafakkuri, tajribasi, madaniy aloqalari va formal ta’lim tizimidagi o‘rni izohlanadi.

193
17.05.2026

SIYOSIY JARAYONLARDA VA XALQARO MUNOSABATLARDA SUN’IY INTELLEKT: ISTIQBOLLAR, MUAMMOLAR VA TAHDIDLAR

Maqolada zamonaviy siyosiy jarayonlarda sun’iy intellekt texnologiyalarining qo‘llanilishi tahlil qilingan. Muallif sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida katta miqdordagi siyosiy ma’lumotlarni tahlil qilish, ichki va tashqi siyosat qarorlarini qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash, samarali harakatlar rejalarini ishlab chiqish hamda siyosiy jarayonlarni istiqbolini belgilash, maqsadli auditoriyani manipulyatsiya qilishning ijobiy va salbiy jihatlarini yoritib bergan. Sun’iy intellekt tizimlari orqali siyosiy yo‘naltirilgan algoritmlarni siyosiy jarayonlarga, shuningdek xalqaro munosabatlarda joriy etish natijasida yuzaga keladigan imkoniyatlar va istiqbollar, muammolar va tahdidlar keltirib o‘tilgan.

217
17.05.2026

TINGLAB TUSHUNISH KOʻNIKMASINING PSIXOLINGVISTIK VA PEDAGOGIK MOHIYATI

Ushbu maqolada tinglab tushunish ko‘nikmasining psixolingvistik va pedagogik mohiyati nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada tinglab tushunish nutq faoliyatining reseptiv turi sifatida ta’riflanib, uning faol kognitiv jarayon ekanligi J. Field, M. Rost kabi yetakchi olimlarning qarashlari asosida yoritiladi. Shuningdek, tinglab tushunish jarayonining muvaffaqiyatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar, psixologik mexanizmlar (diqqat, xotira, idrok etish, taxmin qilish) tahlil qilinadi. G. Buck tomonidan taklif etilgan ikki darajali model (identifikatsiya va ma’noni anglash darajalari) hamda J. Wilson, J. Flowerdew va L. Miller tomonidan ishlab chiqilgan uch bosqichli pedagogik model (matn oldi, matn ustida ishlash, matndan keyingi bosqichlar) batafsil yoritiladi. Maqolada oliy ta’lim talabalarida tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda bosqichma-bosqich yondashuv, metakognitiv strategiyalar va psixologik omillarni hisobga olishning ahamiyati asoslanadi.

313
08.04.2026

NUTQ FAOLIYATINING NEYROPSIXOLINGVISTIK MEXANIZMLARI VA ULARNING LINGVISTIK TALQINI

Ushbu maqolada nutq faoliyatining neyropsixolingvistik mexanizmlari va ularning lingvistik talqini tahlil qilinadi. Nutq jarayoni insonning murakkab kognitiv va psixologik faoliyati sifatida miya faoliyati, lingvistik birliklar va kommunikativ vazifalar o‘zaro uyg‘unligi orqali shakllanadi. Tadqiqotda nutq hosil qilish va nutqni idrok etish jarayonlari neyropsixolingvistik yondashuv asosida tahlil qilinadi, shuningdek, nutq jarayonining lingvistik talqiniga urg‘u beriladi. Maqola natijalari psixolingvistika, neyrolingvistika va tilshunoslik sohalarida ilmiy izlanishlar uchun nazariy asos yaratadi.

267
25.03.2026

BADIIY TARJIMANING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

Ushbu maqolada badiiy tarjimaning ilmiy-nazariy asoslari, uning insoniyat tarixi va madaniyatlararo muloqotdagi ahamiyati tadqiq etilgan. Maqolada tarjimashunos olimlar Anna Mariya Rojo, Piter Nyumark, G‘aybulla Salomov va Qudrat Musayevlarning tarjima jarayoniga doir ilmiy qarashlari tahlil qilingan. Badiiy tarjimaning o‘ziga xos murakkabliklari, xususan, asliyatdagi stilistik vositalar, milliy bo‘yoqdorlik va muallif uslubini saqlab qolgan holda qayta yaratish masalalari yoritilgan. Shuningdek, qardosh va turli til oilalariga mansub tillar o‘rtasidagi tarjimaning o‘ziga xos xususiyatlari hamda tarjimon mahoratining ahamiyati asoslab berilgan.

612
30.01.2026

KOD SIFATINI OSHIRISH VA REFAKTORING USULLARI

Ushbu maqola dasturiy ta’minot ishlab chiqishda kod sifatini oshirish va refaktoring usullarining ahamiyatini tahlil qiladi. Kod sifatini oshirish — dasturiy mahsulotning barqarorligi, o‘qilishi va kengaytirilishini ta’minlash uchun muhim jarayon hisoblanadi. Maqolada refaktoringning asosiy prinsiplari, uning turlari va zamonaviy texnikalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, kod sifatini baholashda qo‘llaniladigan mezonlar va ularning dasturiy injinering jarayonidagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqot natijalari dasturiy mahsulot sifatini yaxshilashga qaratilgan samarali yondashuvlarni aniqlashga yordam beradi. Ushbu ish dasturiy injenerlar va tadqiqotchilar uchun kod sifatini oshirishda amaliy yo‘nalishlarni belgilashga xizmat qiladi.

693
31.10.2025

TALABALARNING MUSTAQIL IJODIY FAOLIYATI METODIKASINING MAQSADLARI, TAMOYILLARI, MAZMUNI VA USLUBIY ASOSLARI

Maqolada talabalarning mustaqil ijodiy faoliyati metodikasining maqsadlari, tamoyillari, mazmuni va uslubiy asoslari nazariy tahlil qilindi. Uning tasnifi, parametrlari va mustaqil ijodiy faoliyatni rivojlantirishga yordam berish usullari tavsiflandi.

762
01.09.2025

DARS JARAYONIDA TELEGRAM PLATFORMASIDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada Telegram platformasining zamonaviy ta’lim jarayonidagi o‘rni, pedagogik yondashuvlar bilan uyg‘unligi va amaliy tatbiqlari tahlil qilinadi. Maqolada Telegramning dars materiallarini tarqatish, o‘quvchilar bilan muloqot qilish, bilimni baholash va qayta aloqa tizimini shakllantirishdagi afzalliklari yoritilgan. Shuningdek, real misollar, ilmiy iqtiboslar, SWOT tahlil va takliflar orqali Telegram ilovasining ta’limdagi istiqbollari ochib beriladi.

766
23.06.2025

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QISH SAVODXONLIGI FANINI O‘QITISH ASOSIDA O‘QUVCHILARNING TANQIDIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH METODLARI

Ushbu maqola O‘zbekistonda boshlang‘ich sinflarda o‘qish savodxonligi fanini o‘qitish asosida o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish metodlarini o‘rganadi. Tadqiqotda boshlang‘ich ta’limning zamonaviy talablari, o‘qish savodxonligi darslarida tanqidiy fikrlashni shakllantirishning pedagogik va psixologik jihatlari, shuningdek, ushbu jarayonda qo‘llaniladigan innovatsion usullar va texnologiyalar tahlil qilinadi.

666
23.06.2025

KATTALARDAGI MANTIQIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI

Ushbu maqolada kattalarda mantiqiy fikrlashni shakllantirish va rivojlantirishning psixologik asoslari, ta’sir etuvchi omillar hamda samarali metodlar tahlil qilinadi. Mantiqiy fikrlash inson faoliyatining ajralmas qismi bo‘lib, ongli qarorlar qabul qilish, muammolarni hal etish va tanqidiy fikrlashda muhim rol o‘ynaydi.

747
02.06.2025

Sinxron TARJIMANING TIL TILIDA AHAMIYATI

Ushbu maqolada chet tilini o'qitishning dolzarbligi (misol sifatida sinxron tarjimadan foydalanish) tasvirlangan. Tilni yaxshiroq o'zlashtirishga yordam beradigan turli usullar ko'rib chiqiladi. Til o‘rgatishda muloqot ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga ta’sir etuvchi psixologik iqlim asosiy rol o‘ynaydi. Ushbu omillarni hisobga olish kerak bo'lgan til o'qitishning muhim jihatlari muhokama qilinadi. Optimallashtirilgan guruh muhiti chet tillarini o'rganishning asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. Chet tillarini o'qitishning samarali usullari ko'rsatilgan.

732
14.05.2025

FRANSIYANING YEVROPA ITTIFOQI MAMLAKATLARI BILAN MIGRATSION MASALALAR BORASIDAGI HAMKORLIK TARIXI. SHENGEN KELISHUVI

Ushbu maqolada, Fransiyaning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan migratsion masalalar borasidagi hamkorligi tarixi va Shengen kelishuvining o‘rni va ahamiyati batafsil yoritiladi.

688
17.01.2025