Ushbu maqolada zamonaviy ingliz tilida keng qo‘llaniladigan common colloquial molds (kundalik nutqqa xos qolip iboralar) va ularning politeness strategies (muloyimlik strategiyalari) doirasidagi pragmatik funksiyalari tahlil qilinadi. Tadqiqot pragmatika va sotsiolingvistika doirasida olib borilib, til birliklarining muloqot jarayonida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi roliga alohida e’tibor qaratadi. Maqolada P. Brown va S. Levinson tomonidan ishlab chiqilgan muloyimlik nazariyasiga asoslanib, ingliz tilida uchraydigan positive politeness, negative politeness, off-record va bald on-record strategiyalarining kundalik so‘zlashuv nutqida qanday ifodalanishi misollar orqali yoritiladi. Shuningdek, modal fe’llar, bilvosita so‘rovlar, hedging vositalari, inklyuziv iboralar va iltifot shakllarining muloqotdagi yumshatuvchi vazifasi ochib beriladi. Tadqiqot natijalari ingliz tilini o‘rganishda pragmatik kompetensiyani rivojlantirish muhimligini ko‘rsatadi hamda kolloquial nutq shakllarining nafaqat norasmiy, balki kommunikativ samaradorlikni ta’minlovchi vosita ekanini asoslaydi.