TURKIYA TARIXSHUNOSLIGIDA TURKISTON JADIDCHILIGI MUAMMOSINING O‘RGANILISHI (XX– XXI ASRLAR BOSHI)

Maqolada Turkiya tarixshunosligida Turkiston jadidchiligi muammosining o‘rganilishi IMRAD modeli asosida tahlil qilindi. Tadqiqotning manbaviy asosini Turkiya universitetlarida tayyorlangan dissertatsiyalar va ularda keltirilgan ilmiy xulosalar tashkil etadi. Maqsad – turk ilmiy muhitida jadidchilik qanday tushuntirilgani, qaysi yo‘nalishlar ustuvor bo‘lgani va Turkiston jadidlarining ta’lim, din, adabiyot, siyosat va ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o‘rni qanday talqin etilganini ochishdan iborat. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Turkiya tarixshunosligida Turkiston jadidchiligi dastlab “usuli jadid” maktablari va Ismoil Gaspirali ta’siri doirasida talqin qilingan bo‘lsa, keyingi tadqiqotlarda Behbudiy, Munavvar Qori, Abdurauf Fitrat, Yosh buxoroliklar, matbuot, milliy uyg‘onish, diniy isloh va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot masalalari bilan bog‘liq kompleks harakat sifatida baholangan. Maqolada har bir asosiy fikr sahifasi ko‘rsatilgan satr osti iqtiboslari bilan berildi.

186
17.05.2026

BILIMLARNI SEMIOTIK TIZIMLASHTIRISHNING RIVOJLANISHI VA SHAKLLANISHI

Mazkur maqolada bilimlarning shakllanishi va rivojlanishi semiotik tizimlashtirish nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Unda bilim insonning tashqi olam haqidagi axborotni sezgi, idrok, tajriba, mantiqiy umumlashtirish va ijtimoiy kelishuv orqali belgilangan simvolik-kognitiv konstruksiyaga aylantirish jarayoni sifatida talqin etiladi. Maqolada belgi, simvol, tovush, so‘z, matn va konseptlarning paydo bo‘lishi hamda ularning bilimga aylanish mexanizmlari naturalistik, konvensional, antropologik va kognitiv yondashuvlar asosida yoritiladi. Shuningdek, bilimning genetik, sun’iy va ijtimoiy shakllari ajratilib, ularning inson tafakkuri, tajribasi, madaniy aloqalari va formal ta’lim tizimidagi o‘rni izohlanadi.

193
17.05.2026

DUNYOQARASH TUSHUNCHASI VA UNING FALSAFIY-LINGVISTIK AHAMIYATI

Mazkur maqolada dunyoqarash tushunchasi falsafiy, ijtimoiy va lingvistik jihatdan keng tahlil qilinadi. Unda dunyoqarashning mohiyati, tarkibiy qismlari, asosiy turlari (diniy, ilmiy va falsafiy) hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlari yoritiladi. Shuningdek, xorijiy tilni o‘rganish jarayonida "tilning dunyoqarash tasviri" masalasi ingliz tili misolida tahlil qilinib, shaxs rivojidagi o‘rni falsafiy asoslab beriladi. Tadqiqotda zamonaviy jamiyatda dunyoqarash bilan bog‘liq muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ilgari suriladi.

271
04.05.2026

OʻZBEKISTONDA DINIY BAGʻRIKENGLIK VA MILLATLARARO MUNOSABATLAR SIYOSATI (1991–2024)

Mazkur maqolada Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik va millatlararo munosabatlar siyosati (1991–2024) xronologik va tizimli yondashuv asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, Konstitutsiya va sohaviy qonunlar negizida shakllangan huquqiy model hamda davlat institutlari faoliyatining asosiy bosqichlari yoritiladi. Maqolaning ilmiy yangiligi shundaki, mustaqillik davridagi diniy-milliy siyosat uch bosqichli rivojlanish modeli asosida umumlashtirilib, 2017-yildan keyingi islohotlar alohida tarixiy bosqich sifatida asoslab beriladi. Shuningdek, diniy tashkilotlar va milliy madaniy markazlar faoliyatidagi o‘sish dinamikasi tarixiy-statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik siyosati huquqiy tenglik, institutsional boshqaruv va ijtimoiy muvozanat tamoyillariga tayanib izchil rivojlanganini ko‘rsatadi. Mazkur siyosat konfessiyalararo hamjihatlik va millatlararo totuvlikni mustahkamlashda muhim omil sifatida baholanadi.

418
08.04.2026

DINSHUNOSLIK YO‘NALISHI TALABALARINING INGLIZ TILI KO‘NIKMALARI ORQALI DEONTOLOGIK KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH

Mazkur maqolada dinshunoslik yo‘nalishi bakalavr talabalarida ingliz tili o‘qitish jarayoni orqali deontologik kompetentlikni shakllantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy g‘urur, baynalminalchilik, adolat, yaxshilik, burch, qadr-qimmat, mas’uliyat, vijdon, halollik, rostgo‘ylik va talabchanlik kabi axloqiy fazilatlarning kasb egalariga, xususan, dinshunoslik soha vakillariga nechog‘li muhim ekaniga e’tibor qaratiladi. Ingliz tilining to‘rtta asosiy ko‘nikmasi — o‘qish (reading), yozish (writing), tinglab-tushunish(listening) va gapirish (speaking) — deontologik mazmundagi materiallar bilan uyg‘unlashtirilib, talabalarning kasbiy axloq me’yorlarini chuqur o‘zlashtirishiga zamin yaratish mumkinligi asoslanadi. Tadqiqot natijalari dinshunoslik ta’limida ingliz tili o‘qitishini deontologik yo‘nalishda takomillashtirish uchun amaliy tavsiyalar beradi.

240
08.04.2026

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QISH SAVODXONLIGI FANINI O‘QITISH ASOSIDA O‘QUVCHILARNING TANQIDIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH METODLARI

Ushbu maqola O‘zbekistonda boshlang‘ich sinflarda o‘qish savodxonligi fanini o‘qitish asosida o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish metodlarini o‘rganadi. Tadqiqotda boshlang‘ich ta’limning zamonaviy talablari, o‘qish savodxonligi darslarida tanqidiy fikrlashni shakllantirishning pedagogik va psixologik jihatlari, shuningdek, ushbu jarayonda qo‘llaniladigan innovatsion usullar va texnologiyalar tahlil qilinadi.

665
23.06.2025

IKKI O‘LCHOVLI DINAMIK TIZIMLARDA FAZOVIY PORTRETLAR VA ULARNING GRAFIK ASOSDA TAHLILI

Mazkur maqolada ikki o‘lchovli dinamik tizimlarning xatti-harakatini tahlil qilishda fazoviy portretlardan foydalanishning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati yoritilgan. Dinamik tizimlarning holatlarini grafik ko‘rinishda ifodalash, ularning barqarorlik holatlarini aniqlash hamda uzun muddatli xatti-harakatlarini bashorat qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.

685
02.06.2025

ISLOMSHUNOSLIKKA OID TERMINLARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada islomshunoslikda qo‘llaniladigan asosiy atamalarning leksik va semantik xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada tanlangan atamalarning etimologiyasi, morfologik qoliplari va semantik siljishlarini tahlil qilinib, ularning diniy, huquqiy va ijtimoiy-madaniy jihatlari yoritilgan. Tadqiqot shuningdek, ushbu atamalarning turli tarixiy davrlar va lingvistik kontekstlarda qanday rivojlanganligini o'rganadi, shu bilan birga arab bo'lmagan sharoitlarda tarjima va talqin qilishning qiyinchiliklarini qayd etadi. Ushbu xususiyatlarni tushunish yanada aniqroq ifoda etish va dinlararo muloqotga yordam beradi.

790
23.05.2025

O'RTA ASR SARQ VA G'ARB Uyg'onish davri FAYLASUFLARNING AXLOQ MASALASIGA MUNOSABATI.

Ushbu maqolada oʻrta asr Sharq uygʻonish va Gʻarb Uygʻonish davri faylasuflarining axloq hodisasiga munosabati yoritilgan. 9—12-asrlarda shakllangan islom maʼrifati doirasida Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd, Gʻazzoliy kabi buyuk mutafakkirlar axloq mavzusini nafaqat diniy-falsafiy, balki ijtimoiy, siyosiy va pedagogik nuqtai nazardan ham oʻrgandilar. Gʻarbiy Uygʻonish davri esa 14—16-asrlarda Italiyada boshlangan maʼrifiy inqilob orqali butun Yevropada axloqiy tushunchalarni yangi bosqichga olib chiqdi. Foma Akvinskiy, Dante Aligeri, Erazm Rotterdam, Nikollo Makiavelli kabi mutafakkirlar diniy tafakkurdan dunyoviy dunyoqarashga o‘tish jarayonida “Etika”ni turli yo‘nalishlarda talqin qilganlar. Maqolada ikki davrning o‘xshash va farqli tomonlari qiyosiy tahlil qilinadi va axloq hodisasining Dionat, siyosiy voqealar, madaniy taraqqiyot va fan bilan uyg‘unligi yoritiladi. Natijada, o'rta asrlardagi sharqiy uyg'onish va G'arbiy Uyg'onish davrida shakllangan ushbu merosning zamonaviy dolzarbligi ham namoyon bo'ladi.

1160
23.02.2025

SURXON VOHASI AYOLLARINING MILLIY LIBOSLARIDAGI AN’ANAVIYLIK

Mazkur maqolada Surxon vohasi aholisining ayollar kiyimlaridagi XIX asr oxiri va XX asrlardagi o‘zgarishlar yoritilgan. XX asr boshlarida hududga fabrika gazlamalarining keng tarqalishi va tikuv mashinalarining kirib kelishi tufayli ayollar milliy liboslarida rang-barang usullar, bichimlar, naqshiy bezaklar hamda yangi “bichiqli” kiyimlar paydo bo‘lishi kabi masalalar tarixiy hamda etnografik materiallar asosida tahlil etilgan.

730
23.02.2025

АBU NАЅR FОRОBIY ILMIY QАRАЅHLАRINING ЅHАХЅ INTЕLLЕKTUАL MАDАNIYАTINI RIVОЈLАNIЅHTIRISHDАGI О‘RNI

Mazkur maqolada Abu Nasr Forobiyning ilmiy merosida keltirilgan mantiqiy fikrlar hamda ularning shaxsni intellektual salohiyatini shakllantirishdai o‘rni va ahamkyati falsafiy tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada allomaning fikrlari o‘zaro qiyosiy tahlil qilinib, hozirgi davrdagi ijtimoiy munosabatlarni shakllanishiga ta’siri atroflicha o‘rganilgan.

737
29.01.2025

O‘ZBEKISTONDA BAG‘RIKENGLIK TAMOYILLARINING KO‘RINISHI

Butun yer yuzida diniy bag‘rikenglik, diniy konfessiyalararo o‘zaro hurmat, bir-birini tushunish asosiy hayotiy tamoyilga aylanmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asl mohiyati ham millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan, mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada oshirishga qaratilgan. Globallashuv hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni ob’yektiv tan olish kerak – bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog‘lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emasdir.

1135
27.12.2024