JADID MA’RIFATPARVARLARINING O‘LKA IJTIMOIY-MA’NAVIY HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI

Ushbu maqolada XIX asrning oxiri - XX asrning boshlarida O‘rta Osiyoda shakllangan jadidchilik harakatining ijtimoiy-ma’naviy ahamiyati tahlil qilinadi. Jadid ma’rifatparvarlari tomonidan amalga oshirilgan ta’lim islohotlari, matbuot, adabiyot va teatr sohasidagi yangiliklar, shuningdek, ularning milliy o‘zlikni anglash va jamiyatni modernizatsiyalash borasidagi sa’y-harakatlari o‘rganiladi. Maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Munavvar qori Abdurashidxonov kabi jadid namoyandalarining faoliyati va g‘oyalari tahlil qilinib, ularning o‘lka ijtimoiy-ma’naviy hayotiga qo‘shgan hissasi yoritiladi.

112
10.06.2026

TURKIYA TARIXSHUNOSLIGIDA TURKISTON JADIDCHILIGI MUAMMOSINING O‘RGANILISHI (XX– XXI ASRLAR BOSHI)

Maqolada Turkiya tarixshunosligida Turkiston jadidchiligi muammosining o‘rganilishi IMRAD modeli asosida tahlil qilindi. Tadqiqotning manbaviy asosini Turkiya universitetlarida tayyorlangan dissertatsiyalar va ularda keltirilgan ilmiy xulosalar tashkil etadi. Maqsad – turk ilmiy muhitida jadidchilik qanday tushuntirilgani, qaysi yo‘nalishlar ustuvor bo‘lgani va Turkiston jadidlarining ta’lim, din, adabiyot, siyosat va ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o‘rni qanday talqin etilganini ochishdan iborat. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Turkiya tarixshunosligida Turkiston jadidchiligi dastlab “usuli jadid” maktablari va Ismoil Gaspirali ta’siri doirasida talqin qilingan bo‘lsa, keyingi tadqiqotlarda Behbudiy, Munavvar Qori, Abdurauf Fitrat, Yosh buxoroliklar, matbuot, milliy uyg‘onish, diniy isloh va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot masalalari bilan bog‘liq kompleks harakat sifatida baholangan. Maqolada har bir asosiy fikr sahifasi ko‘rsatilgan satr osti iqtiboslari bilan berildi.

186
17.05.2026

TURKISTON JADIDLARINING SHARQ VA G‘ARB MASALASIDAGI QARASHLARI

Mazkur maqolada Turkiston jadidlarining Sharq va G‘arb dunyosi, bu yerdagi madaniyat va siyosatiga oid qarashlari, Yevropa madaniyati kirib kelishining salbiy jihatlari XX asr boshiga oid milliy matbuot materiallri asosida tahlil qilingan.

861
23.05.2025

XX ASR BOSHLARIDA SURXON VOHASIDA XALQ TA’LIMI TIZIMI XUSUSIDA

Ushbu maqolada Sovet mustamlakachiligi davrida xalqimizning madaniy darajasi, yurtimizda amalga oshirilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar va ularning amaliyotga joriy etilishi haqida fikr yuritiladi.

1002
26.03.2024

XX ASR BOSHIDA TURKISTONNING IJTIMOIY-SIYOSIY VA MA’NAVIY AHVOLI, TARIXIY SHART-SHAROITLAR

Ushbu maqolada XX asr boshida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy ahvol, tarixiy shart-sharoitlar, ma’rifatparvarlik harakati, jadidchilik, mustamlakachilikka qarshi ozodlik kurashining ma’naviy asoslari masalalariga to’xtalinadi.

1423
17.06.2023