TIL O'RGANISHDA TANQIDIY FIKRLASH FAOLIYATLARINING ROLI

Tanqidiy fikrlash zamonaviy ta’limning muhim tarkibiy qismiga aylandi, ayniqsa til o‘rganish sohasida, bu yerda o‘quvchilardan nafaqat lingvistik bilimlarni egallash, balki tahliliy va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini ham rivojlantirish talab etiladi. Mazkur tadqiqot tanqidiy fikrlash faoliyatlarining til o‘rganish jarayonlarini takomillashtirish hamda o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishdagi rolini o‘rganadi. Tanqidiy fikrlash faoliyatlari talabalarning ma’lumotlarni tahlil qilish, dalillarni baholash, muammolarni hal qilish va mustaqil fikr bildirishiga yordam beradi hamda shu orqali akademik va real hayotiy vaziyatlarda til qo‘llanishiga chuqurroq jalb etilishini ta’minlaydi. Tadqiqot debatlar, munozaralar, muammoli vazifalar, reflektiv yozuvlar, keys-stadilar va hamkorlikdagi loyihalar kabi faoliyatlarning til rivojlanishiga qanday hissa qo‘shishini tahlil qiladi. Mazkur faoliyatlar gapirish, yozish, o‘qish va tinglab tushunish ko‘nikmalarining rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi hamda bir vaqtning o‘zida o‘quvchilarning mustaqilligi, ijodkorligi va ishonchini shakllantiradi. Bundan tashqari, tadqiqot tanqidiy fikrlash va kommunikativ kompetensiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rib chiqadi hamda tahliliy vazifalarda faol ishtirok etadigan o‘quvchilar odatda yuqori darajadagi til bilish va samarali muloqot ko‘nikmalarini namoyon etishini ta’kidlaydi.

137
02.06.2026

“QUTADG‘U BILIG” DAGI XALQ MAQOLLARINING TURK TILIGA LEKSIK TRANSFORMATSIYASI

Ushbu ilmiy maqola “Qutadg‘u bilig” asarida berilgan maqollarning turk tilidagi leksik transformatsiyasi o‘rganilgan. Asardagi leksik transformatsiya jarayoni, tilning rivojlanish jarayonini tushunishga yordam beradi. Bu jarayonni o‘rganish, tilshunoslarga tilning tarixiy rivojlanishini, leksik birliklarning o‘zgarishini va madaniy ta’sirlarni aniqlashda yordam beradi. Leksik transformatsiyalar tilni boyitadi va uning funksional imkoniyatlarini kengaytiradi.

544
07.01.2026

HIND TILIDA QISHLOQ XO'JALIGI TERMINOLOGIYASI

Ushbu maqolada hind tilining qishloq xo'jaligi terminologiyasi o'rganilib, uning kelib chiqishi, lingvistik xususiyatlari va o'zbek ekvivalentlari bilan taqqoslashga e'tibor qaratilgan. Tadqiqot shuni ko'rsatadiki, hind qishloq xo'jaligi atamalari chuqur tarixiy ildizlarga ega, sanskrit, fors va ingliz tillaridan kelib chiqqan va zamonaviy texnologiyalar ta'sirida doimiy ravishda rivojlanib bormoqda. Tahlil ularning semantik ravshanligi, madaniy ahamiyati va qiyosiy lingvistik tadqiqotlar uchun ahamiyatini ta'kidlaydi.

610
31.10.2025

TILSHUNOSLIKDAGI MUAMMOLAR

Til — insoniyat madaniyatining eng muhim poydevorlaridan biridir. U nafaqat muloqot vositasi, balki tafakkur, madaniyat, jamiyat va tarixning ajralmas bo‘lagidir. Tilshunoslik esa ushbu murakkab tizimni o‘rganuvchi fan bo‘lib, turli yondashuvlar, nazariyalar va metodlarni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, tilshunoslik fanida ko‘plab muammolar mavjud bo‘lib, ular hali-hanuz ilmiy izlanish va tahlilni talab qiladi. Ushbu maqolada tilshunoslikda uchraydigan asosiy muammolar, ularning sabablari va ilmiy yondashuvlar haqida fikr yuritiladi.

647
27.09.2025

MILLIY KONSEPTOSFERA O‘QITISHNING LINGVISTIK ASPEKTLARINING TAHLILI.

Milliy tushuncha sohasini o‘rganishning lingvistik jihatlari nomli mazkur maqolamizda turli jihatlarni rivojlantirish kabi sifatlarni shakllantirishning zamonaviy usullari haqida so‘z yuritdik. Ingliz va o‘zbek ertaklarini o‘zaro tahlil qilish lingvistik birliklarning ertaklarni idrok etish va so‘zlash bilan bog‘liqligini aniqlash imkonini beradi. dunyo lingvistik manzarasida inson ongida turli etnik guruhlar shakllanadi.

1019
09.12.2023