YER TUZISH VA YER KADASTRI TIZIMINI RAQAMLI TRANSFORMATSIYA QILISH ORQALI YER RESURSLARINI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ILMIY-USLUBIY ASOSLARI

Mazkur ilmiy maqolada yer tuzish va yer kadastri tizimining zamonaviy rivojlanish bosqichlari, ularni raqamli transformatsiya qilishning ilmiy-uslubiy asoslari va yer resurslarini boshqarish samaradorligiga ta’siri chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotda yer kadastri ma’lumotlarining aniqligi va ishonchliligini oshirishda geodezik o‘lchashlar, GIS texnologiyalari hamda masofadan zondlash usullarining integratsiyasi ilmiy asoslab berilgan. Shuningdek, raqamli yer kadastri tizimining iqtisodiy, huquqiy va ekologik samaradorligi baholanib, uni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

121
28.02.2026

HAVO IFLOSLANISHI TARQALISHINI GAT YORDAMIDA MODELLASHTIRISH

Ushbu maqola havo ifloslanishi tarqalishini geoaxborot tizimlari (GAT) yordamida modellashtirishning metodlari, imkoniyatlari va amaliy ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada yer usti monitoring stansiyalari, transport va sanoat zonalaridan olingan ma’lumotlar hamda masofaviy kuzatish texnologiyalari asosida havo ifloslanishining fazoviy va vaqt bo‘yicha tarqalishini tahlil qilish usullari tavsiflanadi. Shuningdek, GAT yordamida ishlab chiqilgan modellar ekologik monitoring, shahar rejalashtirish va barqaror rivojlanish strategiyalarini qo‘llashda amaliy ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatiladi.

342
31.10.2025