YAPON TILIDAGI ONOMATOPOETIK SO'ZLAR (GIONGO, GITAIGO)NING LEKSIKO-SEMANTIK TUZILISH XUSUSIYATLARI
21:41 / 17.05.2026
14
Samaridinova, Saida Shavkat qizi; Amirova, Yulduz Qodirjon qizi
Maqolaning pdf varianti

Yapon tilidagi onomatopoetik so'zlar beshta guruhdan iborat mustaqil leksik-semantik tizimni tashkil etadi. Yapon tilidagi onomatopoetik so'zlarning eng fundamental xususiyatlaridan biri — fonetik shakl bilan ma'no o'rtasidagi qonuniy, tizimli bog'liqligidir. Ushbu maqolada yapon tilidagi onomatopoetik leksikaning — xususan giongo (擬音語) va gitaigo (擬態語) kategoriyalarining leksiko-semantik tuzilish xususiyatlari tadqiq etilib, tasnif, fonosemantik izomorfizm va grammatik qo'llanish xususiyatlari misollar asosida tahlil qilinadi. Yapon tilining boshqa tillardan farqli ravishda nihoyatda rivojlangan onomatopoetik tizimga egaligi asoslanadi.