WORK FOR HIRE DOKTRINASINING MUALLIFLIK HUQUQIDA TUTGAN O‘RNI – QIYOSIY TAHLIL (AQSH va O‘zbekiston talqinida)
01:08 / 29.04.2025
22
Qahhorova, Sohiba Abdurazzoq qizi
Maqolaning pdf varianti

“Work for Hire” doktrinasi, asosan, intellektual mulk huquqlari (ayniqsa, mualliflik huquqi) sohasida muhim tushuncha bo‘lib, biror ishni bajarish uchun to‘lov yoki shartnoma asosida bajarilgan asarlarni kimning egallashi va huquqlarni kimga tegishli ekanligini aniqlaydi. Ushbu doktrina, asosan, AQSh qonunchiligida rivojlangan bo‘lsa-da, uning ta’siri global miqyosda ham seziladi. Ingliz huquqida mualliflik huquqi asosan shaxsiy huquq sifatida qaralgan. Mualliflik huquqi asar yaratuvchisiga tegishli bo‘lib, u o‘z asari ustidan to‘liq huquqlarga ega edi. Biroq, ish beruvchining (masalan, ishchi yoki xizmatchi tomonidan bajarilgan ishlar) mualliflik huquqiga egaligi haqidagi tushuncha ingliz huquqida o‘ziga joy topa boshladi, ayniqsa, ishlab chiqarish va muayyan shartnomalar asosida amalga oshirilgan ishlar uchun. Quyida work for hire doktrinasining tarixiy rivojlanishiga oid asosiy bosqichlar tahlil qilinadi.