Maqolada QMK dan suv oladigan M-3 kanalining loyqalanish sabablari tahlil qilingan va kanal, avankamera hamda nasos agregatlari parametrlarini birgalikda tanlashga asoslangan kompleks usul taklif etilgan. Amaldagi kam sarflarda (7-11 m³/s) kanalning tashish qobiliyati zarur qiymatdan 30-400 marta kam boʻlishi va kelgan loyqaning 98 % i kanalda choʻkishi koʻrsatilgan. Yillik xarajatlar minimumi mezoni boʻyicha kanalning optimal ish rejimi (V-IX oylarda 36 m³/s, boshqa oylarda 32 m³/s) va M-3-1 oldidagi loyqa tindirgichning yuzasi (14 000 m²) aniqlangan. Kompleks usul kanaldagi choʻkindini 74 % ga, yillik xarajatlarni 2,61 mlrd soʻmga (7,7 %) kamaytiradi; qoplanish muddati 1,1 yil.
Maqolaning pdf varianti