Ushbu maqolada qandli diabet bilan xastalangan ota-onalardan tug‘ilgan avlodlarning yurak qorinchalari devorida kuzatiladigam morfometrik o‘zgarishlar o‘rganilgan. Ekperimental tadqiqotda yurak kardiomiotsit hujayralari, kapillyar tarmog‘i hamda miokardning strukturasi tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, diabetik avlodlarda yurak devori qalinlashgani, kardiomiotsitlar gipertrofiyasi va interstitsial biriktiruvchi to‘qima miqdorining ortgani aniqlandi. Ushbu o‘zgarishlar yurakda funksional buzilishlarning erta morfologik belgilari sifatida baholandi. Eksperimental tadqiqot natijalari qandli diabetning avlod yurak tuzilmasiga ta’sirini chuqur ilmiy natijalarga tayangan holda o‘rganish va onadagi qandli diabetning avlod yuragida keltirib chiqaruvchi asorat va oqibatlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun ilmiy-amaliy asos bo‘lishi mumkin.
Maqolaning pdf varianti