IBROHIM MO‘MINOVNING ILMIY MAKTABI VA UNING MILLIY KADRLAR TAYYORLASHDAGI XIZMATLARI
18:38 / 30.01.2026
33
Mo‘minov, Temur Abror o‘g‘li
Maqolaning pdf varianti

Mazkur maqolada XX asr o‘zbek falsafasi va ijtimoiy-gumanitar fanlari taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan akademik Ibrohim Mo‘minov tomonidan asos solingan ilmiy maktab hamda uning O‘zbekistonda milliy-ilmiy kadrlar tayyorlashdagi beqiyos xizmatlari keng yoritilgan. Unda Ibrohim Mo‘minovning nafaqat faylasuf olim, balki yuksak ma’naviyatli murabbiy, tashkilotchi va jonkuyar ustoz sifatidagi faoliyati ilmiy manbalar va xotiralar asosida tahlil qilinadi. Maqolada Mo‘minovning falsafa, tarix, huquqshunoslik, filologiya va sharqshunoslik sohalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdagi tashabbuslari, Fanlar akademiyasi tizimida yangi ilmiy bo‘lim va institutlar tashkil etishdagi rahbarlik faoliyati ochib berilgan. Shuningdek, uning rahbarligida o‘nlab fan doktorlari va yuzlab fan nomzodlari yetishib chiqqani, milliy o‘zbek falsafa maktabining shakllanishi va rivojida tutgan o‘rni asoslab beriladi. Maqolada Ibrohim Mo‘minovning murakkab sovet mafkurasi sharoitida milliy tarix va ma’naviy merosni asrab-avaylash, xususan Amir Temur va temuriylar davrini ilmiy jihatdan xolis tadqiq etish yo‘lidagi jasorati alohida ta’kidlanadi. Umuman, maqola akademik Ibrohim Mo‘minov merosining bugungi mustaqil O‘zbekiston ilm-fani va ma’naviy taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatib beradi.