Maqolada Surxon vohasining ajoyib maskanlaridan biri bo’lmish Ko’hitang tog’ oldi qishloqlari va u yerdagi uy-joylarning qurilish usullari,uy-joylarning turlari haqida so’z boradi.
Maqolada Surxon vohasining ajoyib maskanlaridan biri bo’lmish Ko’hitang tog’ oldi qishloqlari va u yerdagi uy-joylarning qurilish usullari,uy-joylarning turlari haqida so’z boradi.
Abdulhamid Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanida turli stilistik vositalar, ibora(frazeologik birlik)lar, tasviriy vositalar va boshqa badiiy unsurlardan juda keng foydalanilgan bo‘lib, ularni tarjima qilishda Xristofor Fort qanday tarjima usullaridan, strategiyalardan foydalanganini o‘rganib chiqib, ba’zi o‘rinlarda o‘z tomonimizdan qilingan tarjima variantlarini ham taklif etilgan.
Butun yer yuzida diniy bag‘rikenglik, diniy konfessiyalararo o‘zaro hurmat, bir-birini tushunish asosiy hayotiy tamoyilga aylanmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asl mohiyati ham millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan, mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada oshirishga qaratilgan. Globallashuv hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni ob’yektiv tan olish kerak – bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog‘lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emasdir.
Ёшлар маънавий қиёфасида содир бўлган ўзгаришлар мамлакат ичидаги сиёсий вазият барқарорлигини таъминлаш, миллий ва миллатлараро тотувликни сақлаш, инсон ҳуқуқлари ва эркинлигини ҳимоя қилиш, янги жамият барпо этишда глобаллашув жараёнининг ютуқларига таянишга қаратилган кўп қиррали фаолиятда, яқин ўтмишда камситилган миллий муаммоларни ҳал қилишда, хусусан миллий тилни, маданий-маънавий меросни, тарихий хотирани тиклашда ҳам яққол намоён бўлмоқда.
Ушбу мақолада Хайбар адабий мактаби вакиллари ижодида вазн (шеърий тизим), адабий анъана ва бадиий маҳорат масалалари таҳлилга тортилган бўлиб, таҳлил жараёнида асосий эътибор анъанавий шеърий санъатларнинг бадииятига қаратилган.
Ushbu maqolada bugungi kunda zamonaviy tilshunoslikda assotsiativ maydonni o‘rganishning ahamiyati yoritilgan. Ma’lumki, inson borliqni til orqali anglaydi, tushunadi va his etadi. So‘zlar ongimizda muayyan guruhlarni tashkil qiladi. Ularning ma’nosini anglash uchun har bir guruh mohiyat, undagi so‘zlar voqelik, ma’nolar orqali ifodalangan bilim ekanligini tushunish lozim. Tilshunoslikda bu kabi til birliklarning shakliy yoki mantiqiy-semantik belgisiga ko‘ra o‘zaro birlashuviga assotsiatsiya deb qaraladi. Predmet hamda so‘z haqidagi tasavvurni bir-biridan ayro tushunish mumkin emas.
Dug‘latlarning etnik shakllanish jarayoni haqida manbalardagi ma’lumotlarning ozligi bois dug‘lat amirligining nafaqat etnik shakllanish tarixi balki, XIV-XV asrlardagi ichtimoiy siyosiy tarixining yoritilishi ham tadqiqotchi olimlarning oldida turgan masalalardan biri hisoblanadi. Shu boisdan, ushbu maqolada Dug‘latlarning etnik tarixi haqidagi ba’zi yondoshuvlar ko‘rib chiqildi.
Мақолада жаҳонда ва Ўзбекистонда кичик бизнес фаолиятини рақамли технологиялар асосида ривожлантириш масалалари таҳлил қилинган. Халқаро ташкилотларнинг ҳисоботлари асосида рақамли савдонинг ривожланиш тенденциялари ўрганилган. Ривожланган ва ривожланаётган мамлакатларда кичик бизнесни рақамлаштириш борасидаги муаммолар аниқланган. Ўзбекистонда кичик бизнесни қўллаб қувватлаш бўйича амалга оширилаётган ислоҳотлар таҳлил этилган. Соҳани янада ривожлантириш юзасидан таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқилган.
Ushbu maqolada xorijiy tillarni (ingliz tili) o'rganishda zamonaviy interfaol usullarning ustuvorligi va pedagogning o'z ustida ishlashi, mas'uliyat hissi, chet tilini o'qitish metodikasi, uning rivojlanish tarixi haqida so'z boradi. fan, chet tillarini o`qitish metodikasida qo`llaniladigan zamonaviy metodlar turlari va ulardan foydalanish. darsda yangilik kiritishi, darsning qiziqarli va jonli o‘tishini ta’minlashi yozildi.
Maqola Markaziy Osiyoda IX-XII va XIV-XV asrlarda yuz bergan birinchi va ikkinchi tamaddun yoki ilmiy taraqqiyot jarayonlariga bag‘ishlanadi. Maqolada O‘rta asr Sharq allomalarining ilmiy merosi va ularning ahamiyati haqida o‘quvchilarga ma’lumotlar berilgan. Shuningdek tamaddun davri olimlarining ilmiy merosi, ushbu ilmiy merosning jahon ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi haqida ham ma’lumotlar keltirilgan.
Ushbu maqola kattalarda induktiv va deduktiv xulosani hayotga tatbiq etish masalasini o'z ichiga oladi. Uning pedagogik bilimlari bayonida mantiq qoidalaridan unumli foydalanish, o‘rganilgan narsalarni takrorlash, mashq qilish va motivatsiya qilish jarayonida sillogizm qoidalaridan foydalanish masalalari bayon etilgan.
Ushbu maqola ilmiy bilish faoliyatining asosiy turlaridan biri bo‘lgan bahs-munozaraning zamonaviy talqiniga bag‘ishlangan. Bahs-munozaraning nazariy asoslari, ilmiy bilimlarni shakllantirishdagi o‘rni va tanqidiy tafakkur rivojlanishiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. An’anaviy shakllar va raqamli texnologiyalardan foydalanishni o‘z ichiga olgan holda, ilmiy munozaralarni tashkil etishning turli yondashuvlari qiyosiy tahliliga alohida e’tibor qaratilgan. Munozaraning kognitiv, metodologik va kommunikativ jihatlari hamda ularning fanlararo tadqiqotlarga ta’siri tahlil qilinadi. Muallif fan raqamlashuvi sharoitida munozara olib borish usullarini takomillashtirish zarurligini ta’kidlaydi.