Bu maqola o‘zbek tilshunosligida tilning unsurlari, sintaktik figuralar va bular orqali adabiyotda ularning ahamiyatini izohlaydi. Shu bilan birgalikda, til va adabiyotning aloqasi uzviyligi tahlil etiladi.
Bu maqola o‘zbek tilshunosligida tilning unsurlari, sintaktik figuralar va bular orqali adabiyotda ularning ahamiyatini izohlaydi. Shu bilan birgalikda, til va adabiyotning aloqasi uzviyligi tahlil etiladi.
Maqolada shoirning ijtimoiy-maishiy turmush sharoitlarining turli davr asarlarida aks ettirilgan diniy qarashlariga ta'siri masalasi ko'rib chiqiladi. Eng mashhur asarlar tahlil qilinadi.
Ушбу мақолада Сурхон-Шеробод воҳаси деҳқонлари қўш чиқариш ва экин экиш билаи боғлиқ урф-одат ва маросимларини ўтказиш билан боғлиқ қарашлари, бу маросимларда қишлоқнинг каттаю кичиги фаол иштирок этишганлиги, маросимлар марказида Бободеҳқон тимсолидаги қария ва эл оқсоқоллари туришганлиги юзасидан қиёсий таҳлиллар берилган. Албатта, бу иштирокчилар аждодлар таомилларига тўлиқ амал қилган ҳолда иш юритишган. Ҳосилдорлик ҳомийси билан боғлиқ сеҳрли (магик) расм-русумлар ҳам амалга оширилган. Ўрта Осиёнинг бошқа минтақаларида бўлганидек, бу ерда ҳам Бободеҳқонга атаб «ис» чиқариш, «ис» ёғи билан қўшга қўшиладиган ҳўкиз шохини, омоч, бўйинтуриқ қисмларини мойлаш имон-эътиқодли, серфарзанд ва ували-жували қария томонидан амалга оширилиши ҳамда ҳар йили эрта баҳорда «она буғдой»ни сепиш маросими ўтказилганлиги қиёсий таҳлиллар билан берилган.
Ushbu maqolada antik Yunonistonda tabiat falsafasining asoslanishi, xususan Aristotel naturfalsafasining asosiy jihatlari ko‘rsatilib, bunday qarashlar ilg‘or Sharq mutafakkirlarining ta’limotida yanada rivojlantirilishi ko‘rsatiladi. Aristotel va Al-Kindiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino kabi Sharq mutafakkirlarining naturfalsafiy qarashlaridagi umumiy xususiyatlar tahlil qilinadi.
Ushbu maqolada O’zbekistondagi moddiy madaniy meros obyektlarining YUNESKO ro’yxatiga kiritilishi tarixi yoritilgan. Bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar borasida xulosalar keltirilgan.
Ushbu tadqiqotda Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida “Inoyat” tushunchasi va bu Sharq peripatitik faylasuflarining izohlarida keltirilgan urg’ular tahlil qilindi. Inoyat tushunchasi Alloh, olam va inson o’rtasidagi munosabatlarni qamrab oluvchi atamadir. Abu Ali ibn Sino inoyat tushunchasini Xudodan paydo bo’lgan ezgulik tartibi sifatida baholaydi. Faylasuf bu atama oraqali dunyodagi ezgulik tartibiga e’tibor qaratadi. Forobiy “Inoyat”ni emanatsiya, yaxshilik-yomonlik va saodat nazariyasi doirasida baholaydi. Faylasuf emanatsiya nazariyasini ilohiy inoyat bilan izohlaydi. Chunki emanatsiya bilan mavjud bo’lgan dunyo ham Xudoning borligidan ulushga ega va o’z mavjudligini davom ettirish uchun ilohiy ixtiyorga muhtojdir. Shuning uchun emanatsiya inoyat doimiy ekanligini ko’rsatadi. Bundan tashqari, emanatsiya nazariyasi yovuzlikning mavjudligini tushunishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Ibn Rushd esa inoyatni Allohning borligiga alohida dalil deb biladi. Butun olam Xudoning inoyati va saxiyligi bilan yaratilgan. Faylasuf bu g’oyani ifodalash uchun uzluksiz yaratilish atamasidan foydalanadi. Binobarin, Allohning olamga inoyati cheksiz va uzluksiz davom etadi. Faylasufning fikricha, inson olam bilan hamohangdir. Bu uyg’unlik Xudoning borligiga ishora qilishi inoyatning dalilidir.
Maqolada universitetlarda chet tillarini o'qitishning turli usullari muammolari ko'rib chiqiladi. Quyidagi usullarga alohida e'tibor qaratildi: to'g'ridan-to'g'ri usul, grammatika-tarjima, audiovizual, audiolingual va kommunikativ. Muallifning fikriga ko'ra, zamonaviy o'qitish usullari bunday usullar tizimidan foydalanishni o'z ichiga oladi, bu o'qituvchi tomonidan tayyor bilimlarni taqdim etish va ularni takrorlash uchun emas, balki tinglovchilar tomonidan bilimlarni mustaqil ravishda o'zlashtirishga qaratilgan. faol kognitiv faoliyat
Ushbu maqolada Shoh Abbos l davrida Eron Safaviylari va Rossiya o'rtasida olib borilgan elchilik aloqalari va diplomatik munosabatlar, ikki davlatning umumiy dushman Usmonlilarga qarshi ittifoq tuzishga urinishlari, bundan tashqari savdodagi munosabatlar, ikki davlatning Kavkazdagi ziddiyatlari va ularning oqibatlari haqidagi malumotlar keltirib o'tiladi.
Mazkur maqolada Oybek dostonlarida ayollar obrazi va ularning ichki kechinmalari, front ortidagi fidokorona mehnatlari haqida so‘z yuritiladi.
Mazkur maqolada har doim ham dolzarb hisoblangan ta’lim va tarbiya masalalari tahlilga tortilgan. Bu tahlillar sharq allomalarining ta’lim va tarbiya hamda ilm-ma’rifatga oid fikrlari ularning asarlari asosida amalga oshirilgan. Qolaversa ta’lim va tarbiya masalasining bugungi kundagi ahamiyati ko’rsatib berilgan.
Turkiy xalqlarning “shams ul-millat” bo‘lgan Nizomiddin Mir Alisher Navoiy jahon adabiyoti xazinasini o‘zining hassos she’riyati, buyuk “Xamsa”si, fan sohalarining turli tarmoqlariga bag‘ishlangan boy ilmiy merosi bilan boyitgan so‘z san’atkoridir. O‘z ijodiy merosida 26 mingdan ortiq lug‘at boyligidan foydalangan bu buyuk daho mana besh asrdan oshibdiki, asarlaridagi chuqur falsafiy mushohadakorlik, ma’no-mohiyatning keng ko‘lamdagi va nazmiy merosidagi fasohat dengizining bepoyonligi bilan jahon ahlini hayratga solib keladi.
Ism tanlashda turli maqsad va niyatlar, ijtimoiy, madaniy qadriyatlar, urf-odatlar katta rol o‘ynaydi. Biroq bu madaniy tadbir mantiq asosida amalga oshmas ekan, millatning shaxs nomlari ibtidoiy mazmun-mohiyatli, mantiqsiz shaklu shamoyilga moyil bo‘lib qolaveradi. Maqolada o‘zbeklarning farzandlarga bo‘lgan 3 xil munosabati oqibatida qo‘yilgan ismlar tahlilga tortilgan. Xulosa o‘rnida millat onngini bunday qusurlardan xalos etish siyosiy darajaga ko‘tarish kerakligi ayilgan.